Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/12 00:45 Torino 2-3 Milan
09/12 01:00 Vulverhempton 1-4 Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna 2-0 Levante
09/12 15:00 Matida Zelviya 3-1 Ulsan Xyonde
09/12 15:00 Vissel Kobe 2-2 Chengdu Rongcheng
09/12 17:15 Buriram Yunayted 2-2 Kangvon
09/12 17:15 Johor Dorul Ta'zim 0-0 Shangxay Port
09/12 20:30 Qayrat 0-1 Olimpiakos
09/12 22:45 Bavariya 3-1 Sporting
10/12 01:00 Monako 1-0 Galatasaroy
10/12 01:00 Atalanta 2-1 Chelsi
10/12 01:00 Barselona 2-1 Ayntraxt F
10/12 01:00 Inter 0-1 Liverpul
10/12 01:00 PSV 2-3 Atletiko
10/12 01:00 Tottenhem 3-0 Slaviya
10/12 01:00 Yunion 2-3 Marsel
10/12 15:00 Seul - Melburn Siti
10/12 15:00 Sanfrechche Xirosima - Shanghai Shenhua

Oliy liga. “Nasaf” - “Bunyodkor” (prevyu)

Oliy liga. “Nasaf” - “Bunyodkor” (prevyu)

Baho:
+ | -

Oliy liganing 18-turida “Nasaf” Toshkentning “Bunyodkor” jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv “Markaziy” stadionda soat 19:30da boshlanadi.

Shu paytgacha Oliy ligada bu ikki jamoa 21 marotaba kuch sinashishgan. O‘tkazilgan o‘yinlarning 10 tasida “Bunyodkor”ning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 8 uchrashuvda kuchlar teng kelgan. “Nasaf” futbolchilari uch o‘yinda g‘alaba nashidasini surishgan. To‘plar farqi – 12:29 “qaldirg‘ochlar” foydasiga.

Bu jamoalar o‘rtasidagi birinchi davra uchrashuvi Toshkentda bo‘lib o‘tdi. Unda “ajdarlar” 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan.

“Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalari Qarshida 10 bor kuch sinashishgan. Shundan 2tasida “ajdarlar” g‘alabaga erishishgan. “Bunyodkor” ham Qarshidan 2 marta uch ochko bilan qaytgan. Qarshidagi 6 uchrashuvda o‘zaro durang qayd etilgan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 11ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 6:5. “Nasaf” foydasiga.

“Nasaf”ning o‘zaro o‘yinlarda “Bunyodkor" ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi – 2:0 ga teng. “Bunyodkor”ning yirik g‘alabasi esa – 5:0.

“Nasaf” so‘nggi bor “Bunyodkor”ni Qarshida 2014 yili mag‘lub etgan. “Bunyodkor” jamoasi esa Qarshida so‘nggi g‘alabasini 2010 yili nishonlagan. Qiziqarlisi, “Nasaf” o‘z tarixida “Bunyodkor”ni Qarshida Berdiyev boshchiligida ilk marta 2013 yili mag‘lub etgan.

Qarshida o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv natijalari:
28.05.2016. “Nasaf” – “Bunyodkor” 1:1
26.10.2015. “Nasaf” – “Bunyodkor” 0:0
19.05.2014. “Nasaf” – “Bunyodkor” 2:0
03.11.2013. “Nasaf” – “Bunyodkor” 1:0
26.08.2012. “Nasaf” – “Bunyodkor” 0:0

Ayni paytda “Nasaf” jamoamiz 29 ochko bilan turnir jadvalining 3-pog‘onasini egallab turibdi. “Bunyodkor” jamoasi hisobida 25 ochko bor. Ular turnir jadvalining 6-pog‘onasida borishmoqda.

“Nasaf” futbolchilari bu yilgi bahslarda raqiblari darvozasiga 27ta to‘p kiritishgan. O‘z darvozasidan esa 15ta to‘p o‘tkazib yuborgan. “Ajdarlar”ning barcha gollariga jami o‘n ikki nafar futbolchi mualliflik qilgan. Ayni paytda jamoa to‘purari Dragan Cheran bo‘lib turibdi. Uning hisobiga 10ta gol yozilgan.

“Bunyodkor” jamoasi bu yilgi bahslarda raqiblari darvozasini 17 marta ishg‘ol qilishib, o‘z darvozalaridan 16t to‘p olib chiqishgan. “Qaldirg‘ochlar”ning gollariga jami 6 nafar futbolchisi muallif bo‘lgan. Jamoaning ayni paytdagi to‘purari Dostonbek Hamdamov hisoblanadi. Uning hisobiga 9ta gol yozilgan.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv Sputnik qo‘rg‘onidagi yoshlar qarorgohi maydonida 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:45da boshlanadi.

O‘zPFL 18-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Bunyodkor” (Toshkent)
18.08.2017. “Markaziy” stadion. 19:30da
Bosh hakam: Zokirjon Qodirov (Navoiy)
Yordamchi hakamlar: Obid Jumayev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy)
Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro)
Nazoratchi: Sardor Najafaliyev (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Bobur Haydarov.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:42, 16.08.2017.
O'qildi: 4956 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.