“Milan” klubi hujumchisi Karlos Bakka Ispaniyaga qaytdi.
Xabar qilinishicha, “Vilyarreal” 30 yoshli kolumbiyalik futbolchini bir yilga ijaraga oldi. Kelishuvga keyinchalik sotib olish huquqi ham kiritilgan.
Yangi klubida Bakka 9-raqam ostida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Bakka bundan avval Ispaniya chempionatida "Sevilya" tarkibida faoliyat ko‘rsatgandi.