Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Branislav Ivanovich: «Hakamlarning harakatiga izoh bermayman»

Branislav Ivanovich: «Hakamlarning harakatiga izoh bermayman»

Baho:
+ | -

«Zenit» Rossiya chempioni «Spartak» bilan bo‘lgan bahsda yirik hisobda (5:1) g‘alaba qozondi. O‘yindan so‘ng piterliklarning serbiyalik himoyachisi Branislav Ivanovich rossiyalik jurnalistlarning savollariga javob berdi.

- Tashqaridan qaraganda, «Zenit» «Spartak»ni osonlikcha mag‘lub etdi...

- Bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Avvaliga oson bo‘lmasligini bilgandik. Biz yaxshi vaziyatlarni yaratdik. «Spartak» esa bunga javob bera olmadi. «Zenit» katta tashabbusga ega chiqdi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 15 daqiqasida temp biroz pasaydi. Qolgan vaqtda esa ustunlik biz tomonda bo‘ldi.

- Roberto Manchini jamoani qanday ruhlantirdi?

- O‘yindan oldin bunday bahslarga futbolchilarni ortiqcha ruhlantirish shart emasligini bildirdi. Qo‘shimchasiga, bu mavsumning eng muhim uchrashuvlaridan biri ekanini ta’kidladi.

- O‘yin paytida murabbiy Domeniko Krishitoga qog‘ozdagi yozuvlar orqali ko‘rsatma berdi. Bunday holat ko‘p kuzatiladimi?

- Oldimizda ikki-uchta variant bor edi. Hisobga qarab joylashishimiz talab etilardi.

- Emanuel Mammana ikkingiz juftlikda o‘ynadingiz. U bilan til topishib oldinglarmi?

- Ha. Mammana qiyin o‘yin o‘tkazdi. Chunki bunday jamoaga qarshi birinchi marta to‘p surdi. Harakatlari yomon chiqmadi. Umuman olganda, mazkur bahs­da butun jamoamiz yaxshi o‘ynadi.

- Sizning «Zenit»dagi birinchi o‘yiningiz yaxshi chiqmagandi. Xo‘sh, Mammana nimaning evaziga «Spartak»ka qarshi kechgan kechgan birinchi uchrashuvidayoq ko‘ngildagidek to‘p surdi?

- Qaytarib aytaman, biz yaxlit jamoa sifatida yaxshi o‘ynadik. Agar futbolchilar murabbiyning aytganlarini bajaradigan kayfiyatda bo‘lishsa, hammasi o‘z-o‘zidan o‘nglanaveradi. Bugun shunday holat kuzatildi.

- Rossiyalik hakamlarni hamisha tanqid qilishadi. Sizningcha, Rossiya chempionatidagi referilar darajasi qanday?

- Bu savolga hamisha bir xil javob beraman: hakamlarning harakatiga izoh bermayman. Barcha qo‘lidan kelgancha o‘z vazifasini yaxshi bajarishga urinmoqda. Futbolchilar va klublar hakamlar ishiga baho bermasliklari kerak. Ular o‘z ishlarini qilishmoqda.

- Aytaylik, saviya o‘rtachami?

- Ha, futbolchi sifatida buni his qildim.

- O‘yindan oldin yog‘ib o‘tgan do‘lni birinchi marta ko‘rishingizmi?

- Ha, oldin hech bunday hodisani kuzatmagandik. Xayriyatki, maydon holati tezda yaxshilandi.

- Luchesku va Manchini o‘rtasidagi farqni sezdingizmi?

- Bir nima deyish qiyin. Men hech qachon murabbiylar haqida gapirmayman. Barchaning o‘z qarashi bor. Manchini va Luchesku - ikki xil murabbiy. Bugungi kunda ular o‘rtasidagi farq - natijada. Hammasi joyida bo‘lsa, murabbiy haq. Bordi-yu, teskari holat kuzatilsa, birinchi o‘rinda murabbiyni ayblashadi. Ularning ishi og‘ir. Hozir jamoamiz yaxshi o‘ynayapti, bir-birimizga moslashyapmiz. Manchini futbolchilarni ko‘p tanqid qilib, har bir o‘yinda yuqori saviyada o‘ynashimiz kerakligini uqtiradi. «Spartak»ka qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng bu boshlanishi ekanligini ta’kidladi. Uning bizdan farqli ravishda, ko‘p narsani o‘z vaqtida ko‘ra olishi yoqadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:42, 17.08.2017.
O'qildi: 3891 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.