Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Paxtakor» rahbariyati yangi o‘yingoh qurish uchun Turkiya, Gollandiya va Avstriyadagi stadionlarni o‘rganib chiqmoqda

«Paxtakor» rahbariyati yangi o‘yingoh qurish uchun Turkiya, Gollandiya va Avstriyadagi stadionlarni o‘rganib chiqmoqda

Baho:
+-1 | -

«Paxtakor» futbol klubi 2017 yilgi mavsumning qolgan qismini o‘z stadionida o‘tkazadi.

Yangi stadion qurilishini boshlash uchun hali besh-olti oy vaqt kerak. Bu haqda klub vise-prezidenti Umid Ahmadjonov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Paxtakor» Oliy Liganing ikkinchi davra o‘yinlarini o‘z stadionida o‘tkazadi.

"Stadionimizda qurilish ishlari boshlanadi. Bunga besh-olti oy vaqt kerak bo‘ladi. Hozir Turkiya, Gollandiya, Avstriyadagi stadionlar o‘rganib chiqilmoqda. «Paxtakor» ikkinchi davrani o‘z stadionida o‘tkazadi" - dedi Umid Ahmadjonov.

Avvalroq «Paxtakor» stadioni ikkinchi davra oldidan yopilishi, klub o‘z o‘yinlarini boshqa stadionlarda o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Bundan tashqari, «Paxtakor»ning yangi prezidenti Bobur Shodiyev hukumat ko‘magida klubning yangi stadioni hozirgi stadion o‘rnida barpo etilishini, loyiha taqdimoti yarim yil ichida o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.

Taxminlarga ko‘ra, qurilajak yangi stadionda hozirgidek yugurish yo‘laklari bo‘lmaydi, tribunalarning usti esa tom bilan yopiladi.

Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadioni qurilishi 1954 yilda boshlanib, 1956 yilda foydalanishga topshirilgan. Dastlab stadion o‘z bag‘riga 55 ming nafargacha tomoshabin sig‘dira olardi, 2008 yilgi rekonstruksiya ishlaridan so‘ng stadion sig‘imi 35 ming tomoshabingacha kamaygan.

«Paxtakor» stadioni shu nomli futbol klubi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari uchun uy maydoni hisoblanadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:00, 17.08.2017.
O'qildi: 6476 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик