Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Runi odisseyasi yoxud qadrdon jamoasiga qaytganlar haqida

Runi odisseyasi yoxud qadrdon jamoasiga qaytganlar haqida

Baho:
+ | -

Futbol superyulduzlarining o‘z Itakalari bor, mana, Ueyn  ham muxlislik qiladigan klubiga qaytdi. Soccer.ru shu munosabat bilan qadrdon klublarga qaytish tarixini yodga oladi.

Futbolda qaytishning bir nechta turi bor. Ularning eng yangisi qimmatga tushgan xatolarni tan olishdir - xuddi Pogba, Pike, Sesk, Anelka, Matich, David Luis, Morata yoki Xummels bilan bo‘lgani kabi. Albatta, sobiqlarning shunchaki qaytish darajasi ham bor - Drogba, Anri, Kuarejma, Kaka, Mateus yoki Shukurlarning tarixini esga oling.

Xullas, Runi Ever­-ton»ga - birinchi uyiga qaytdi. «Irislar» tarbiyalanuvchisi bo‘lgan bu o‘yinchi «Manchester Yunayted»da afsonaga aylangandi.

Andrey Arshavin («Zenit»)

Manchiniga hozir Arshavinning ham kerakligi haqida gapirish ortiqchaligi aniq. Zero, Andreyning birinchi qaytishi chempionlikka to‘g‘ri kelgan bo‘lsa-da, kutilganiday naf bermadi. Keyinchalik «Zenit» afsonasini «Kuban»ga yuborishdi va u alal-oqibat ortiqcha 8 kg. vazn bilan «Qayrat»da paydo bo‘ldi.

Darvoqe, Andrey ortiqcha vazndan qutulish yo‘llarini biladi - Sankt-Peterburgda navbatdagi golidan keyin bu haqda OAVlarga aytib maqtangandi ham. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, uning maydonga tushishi «Zenit» fanatlarini hayajonga solishi turgan gap.

Frank Raykard («Ayaks»)

Mavzuga yanada chuqurroq kirib boramiz, boisi bu yerda qaytish tarixi avlodlar almashinuvi bilan nihoyalandi. Hattoki, Kroyf tarixidan ham qiziqarliroq bo‘ldi - Yoxan «Barselona»ni tark etganidan keyin «Ayaks» tarkibida 2 marta chempionlikni nishonladi. «Blaugranas»­larning yana bir sobiq murabbiyi va «Milan»ning yulduzi esa Amsterdamga qaytganida 31 yoshda edi.

U Runi kabi 13 yil yo‘qolib ketmadi, bir qancha sovrinlarga egalik qilishga ham ulgurdi - yevrokuboklarda naqd 4 marta. Keyin esa, Gollandiyada ham muvaffaqiyat qozondi - 2 karra mamlakat chempionligi, faoliyati nihoyasida esa, desert sifatida Chempionlar Ligasi finalida Klyuyvertning goli evaziga aynan «Milan» mavh etildi. Mazkur bahsda Raykard samarali to‘p uzatishni amalga oshirdi - qanchalik go‘zal!

Xuan Sebastyan Veron («Estudiantes»)

Veron hozir «Estudiantes» prezidenti hisoblanadi. Biroq «Chelsi» «Parma» va «Lasio» yulduzining ijarasi nihoyasiga yetganidan keyin pleymeykerni qadrdon klubiga jo‘natib yuborishga qaror qilgach, ko‘pchilik Veron hali o‘zini ko‘rsatishiga ishonmagandi.

U bo‘lsa «Estudiantes» bilan birga Simeone murabbiyligi ostida chempionatda g‘alaba qozondi! Yana uch yil o‘tgach, Libertadores kubogida eng yaxshi deb topildi, so‘ng yana mamlakat birinchiligidagi g‘oliblik.

O‘tgan yili Veron fanatlarga yutqazib qo‘ydi - ular qurib bitkazilmagan arena abonementlarining 65 foizi sotilib ketsa, Xuanning futbolga qaytishi haqida garov o‘ynashgandi. Oqibatda, 41 yoshli Veron o‘zi bilan o‘zi shartnoma imzolashga majbur bo‘ldi.

Jo Koul («Vest Xem»)

«Bolg‘alar»larning aksariyat tarbiyalanuvchilaridan farqli ravishda, Jo Koul qadrdon «Vest Xem»iga bir mavsum bo‘lsa-da qaytish uchun o‘zida kuch, salomatlik va vaqt topishning uddasidan chiqdi. Rio Ferdinand, Frenk Lempard, Maykl Kerrik - londonliklar safida klub formasini kiygan ko‘plab futbolchilarni bolaliklarida tushgan suratlaridan tanish mumkin.

Ammo aynan Koulgina uchqunga kira oldi. Bu qaytish kutilmaganda o‘ta omadli bo‘lmagandir, harqalay Joga doim eski jarohatlar xalaqit berib kelgan. Biroq u bor kuchini to‘pladi va yana bir mavsum to‘liq maydonda to‘p surdi.

Albatta, sovrinlarga ham egalik qilmadi - u aynan shuning uchun «Chelsi»ga borgan va 9ta mukofotni qo‘lga kiritgandi. Uyga qaytishdan maqsadi esa, muxlislaridan minnatdorlik hissi yuqori bo‘lganida edi. Aytgancha, u hozir ham to‘p suryapti - «Tampu-Bey Raudis» tarkibida, AQSH chempionatining 2-ligasida.

Fernando Torres («Atletiko»)

Yaqindagina Torres «matraschilar» bilan bir yillik yangi shartnoma imzoladi. Yoshi 31da, klubning sovrindor faxriylaridan, Fernando o‘nlab gol urmasa-da, «El Ninyo»ning unga munosabati yomon emas va «Atletiko» stadionida yana to‘p ortidan yugurishi mumkin.

Ayniqsa, transferlarga taqiq qo‘yilgan pallalarda. Umuman olganda, uning «Milan»dan ijaraga olinishi va keyinchalik Madridga to‘liq ko‘chib o‘tishi «Chelsi»dagi oson bo‘lmagan mavsumlardan keyin o‘zini ma’naviy jihatdan tiklab olishida qo‘l keldi. Simeone bilan to‘p surdi, hozir esa uning rahbarligi ostida ishlayapti.

Aleksandr Kerjakov («Zenit»)

Agar kerakli klavishlarni bosmay «Keoeaklv» so‘zlarini hosil qilsak, qidiruv tizimi yordam tariqasida «Kerjakov» degan nomni taklif qiladi. Ko‘rib turganingizday, ba’zida xato qilishning ham qo‘rqinchli tomonlari yo‘q. Ayniqsa, ustingdan oshirib to‘p kiritgan rossiyalik forvard bo‘lsang.

Ammo Aleksandr «layk­lar» hisobi bo‘yicha faoliyatini davom ettirish haqida o‘ylab qolsa, u holda allaqachon nafaqaga chiqib, baliq oviga otlanish davri kelganini tushungan bo‘lardi.

«Layk­lar»i 30 mingdan oshdi, ammo gap «Zenit» haqida ketganda, Kerjakov bu klubda yetarlicha o‘ynab bo‘ldi. Qaytganidan so‘ng, miqdor jihatidan 3 marta chempionlikni nishonladi, biroq ketish davri kelgandi.

Andrey Shevchenko («Dinamo» Kiyev)

2009 yili Andrey «Chelsi»dan «Milan»ga oz fursatga qaytganda, Anchelotti unga Chempionlar Ligasida suyanishni maqsad qilmaganidan xabar topgach, uyga - ota-onasi oldiga qaytish payti kelganini angladi. Yana o‘nlab bir-biridan chiroyli gollar urdi, Ukraina superkubogini boshi uzra ko‘tardi, chempionlikkacha esa yetib borolmadi.

Nima bo‘lganida ham, uyda qoldi, London yoki Los-Anjelesga ketib yubormadi, termadagi boshqaruvni qo‘liga oldi. Andrey Nikolayevich 40 yoshida ham qanday formada ekanligini ko‘rgach va Ukraina termasi forvardlarining yangi avlodi harakatlariga nazar tashlagach, mashg‘ulotlarda Shevchenko hammadan ham ko‘ra ko‘p gol urishiga amin bo‘lasiz.

Robbi Fauler («Liverpul»)

«Liverpul»ning «bosh bezorisi» «Lids» va «Manchester Siti» sharafini 5 yil himoya qilgach, uyga qaytdi. Yoshi ham anchaga borib qolgan, eng yaxshi mavsumlarini o‘tkazib bo‘lgandi. Mazkur ro‘yxatdagilardan farqli ravishda, u yangi sovrinlarga egalik qilishdan umidini uzsa ham bo‘laverardi - «Liverpul» APL chempionligini allaqachon unutib ulgurgan, «Milan» esa Chempionlar Ligasi ikkinchi finalida «qizillar»dan revansh olgandi.

Shunday qilib, Fauler medallarning emas, fanatlarning chinakam muhabbatiga ega bo‘ldi. Hujumchi muxlislar kuylaganiday, yana jannatga tushib qolganday edi - ular esa Faulerni doim gollari va sadoqati uchun yuksak qadrlashardi.

Karlos Teves («Boka Xuniors»)

Hozir Karlitos Xitoyda pul topyapti, ammo yaqinda ham Buenos-Ayresdagi qadrdon klubi sharafini himoya qilayotgandi. Runi bilan «MYU»da to‘p surgan hujumchi oradan 10 yil o‘tgandan so‘nggina Argentinaga qaytdi.

Vatanida ko‘p ushlanib qolmagan bo‘lsa-da, mamlakat kubogini qo‘lga kiritishga ulgurdi, barcha stadionlarda sevimli klubi uchun gollar urdi, muxlislarni xursand qildi va hattoki, «Boka Xuniors» bilan hayotida ikkinchi bor chempionlikka erishdi. Muxlislar sevgisi sovimagandi - o‘yinchini tanishtirish marosimida 40 ming nafar ishqiboz qatnashdi. O‘shanda o‘z vaqtida qadrdon jamoasiga qaytgan Maradonaning ham ko‘zlarida yosh qalqdi.

Ueyn Runi («Everton»)

Ueyn o‘zi va o‘g‘illari «Everton» rangidagi kamzullarni kiygan holda uxlashini aytganda kimlargadir yoqishni maqsad qilgani ma’lum. Liverpul klubining tajribali fanatlari Runining qadrdon o‘lkasiga bo‘lgan o‘zgacha mehrini yoddan chiqarishmagani aniq. O‘shanda yosh forvard endigina Fergyuson jamoasi safiga qo‘shilgandi.

13 yil davom etgan his-hayajon sovidi va faqatgina tushunish qoldi, xolos. Nima bo‘lganida ham, Runining uyga qaytganini ko‘rish yoqimli va uning yoshi Ronalduniki bilan tengligini hisobga olsak, MYU tarixidagi eng yaxshi mergan bilan shartnoma tuzish «Everton» uchun yomon emasligi ma’lum bo‘ladi. Lukaku bir maromda gollar urdi, ammo Ueyn ham buni sog‘inib qolgani aniq.

JCH-2018 boshlanishiga bir yil qolganida, Angliya termasi sardori birinchi navbatda, formaga kirish orzusida. Ikkinchidan, maoshining teng yarmiga qisqarishiga ham rozi bo‘ldi.

Xitoyga uzoq vaqt chaqirishganida ham bu safarni rad etdi, bu - uch. Mazkur holatlar futbolga bo‘lgan mehrni oshirishi turgan gap. Mayli, afsonalar ko‘p holatlarda yoshlari o‘tib qolgach uyga qaytishadi, ammo Runi futbolchi sifatida hali butunlay safdan chiqmagan.

U Ibragimovichdan 4 yosh kichik. Shunday ekan, Kuman Ueyn xizmatidan yangi mavsumda unumli foydalanishni maqsad qilgani aniq.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:09, 19.08.2017.
O'qildi: 9949 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.