Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Andrey Demchenko: "Obod" - to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda"

Andrey Demchenko: "Obod" - to‘g‘ri yo‘ldan bormoqda"

Baho:
+ | -

Oliy liganing 18-turidan o‘rin olgan "Obod" - "Buxoro" (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Demchenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Birinchi bo‘limda futbolchilarim umuman o‘zlariga o‘xshamadi. Xuddi ruhiy tushkunlikka tushib qolgandek to‘p surishdi. Maydonda juda og‘ir o‘ynashdi. Natijada juda oddiy vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘ydik va ikkita gol o‘tkazib yubordik. Yosh bolalarcha xato qildik, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tanaffusda shogirdlarim bilan yaxshilab gaplashib oldim va ikkinchi bo‘limda o‘yinimiz o‘zgardi. Shuning samarasi o‘laroq ikkita gol urdik, afsuski, yana oddiy joy xato qildik va uchinchi gol o‘tkazildi. Vaholanki, durangga erishishga yaqin edik.

O‘tkazib yuborilgan gollarda qaysidir chiziqni alohida aybdor sifatida ko‘rsatish mushkul. Chunki futbolda xatolar zanjir singari bir-biriga bog‘liq bo‘ladi. Darvozabon esa, o‘sha zanjirning oxirgi bo‘lagi hisoblanadi. Avvalgi ikki o‘yinda gol ura olmagandik, bu safar yutqazgan bo‘lsak-da, raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qildik. Jamoa o‘yini o‘syapti, shunchaki, bizga vaqt kerak. Men jamoani to‘g‘ri yo‘lda ketyapti, deb o‘ylayman.

Bugungi raqibning bizdan ustunligi shunda bo‘ldiki, ularda jamoaviy o‘yin yaxshi shakllangan ekan. Bizga shu jihat pand beryapti. Ammo bemalol aytishim mumkin, biz qolgan uchrashuvlarda ham hech kimga sovg‘a bo‘lmaymiz. O‘zbekiston milliy terma jamoasining o‘yinlari sababli, oliy ligada tanaffus yuzaga keladi. O‘sha vaqt biz uchun xizmat qiladi, degan umiddaman. Boisi, davralar oralig‘ida bizda vaqt kam bo‘ldi, o‘sha yetmagan vaqtni sentyabr oyidagi tanaffus orqali to‘ldirishga harakat qilamiz" - dedi Demchenko.

Manba: fcobod.uz
Kiritildi: 22:42, 19.08.2017.
O'qildi: 3249 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик