Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Xayrulla Hamidov TVdagi faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Xayrulla Hamidov TVdagi faoliyati va kelajakdagi rejalari haqida gapirdi

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Taniqli jurnalist va sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidov televideniyega qaytgani haqida xabar chiqqan edi.

U 19 avgust kuni "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etilgan "Yuventus" - "Kalyari" o‘yinini sharhlab bordi.

11 yillik tanaffusdan keyin yana qadrdon joyga qaytish, eski tanishlar va yangi imkoniyatlar haqida sharhlovchining fikrini bilish uchun bog‘landik. X.Hamidov bir muddat gapirolmadi, bo‘g‘ziga nimadir tiqilgandek, bu holatni so‘z bilan ifodalab berolmadi.

– Bilasizmi, uzoq yillik tanaffusdan so‘ng qadrdon joyga qaytish tuyg‘usi menga begona emas. "Sport" telekanaliga o‘yinni sharhlashga chaqirishganida ham yana shunday holatni his qildim. Buni so‘z bilan ifodalab berish qiyin, – dedi X.Hamidov. – Meni kecha "Yuventus" va "Kalyari" o‘yinini sharhlashga chaqirishdi. O‘yin boshida mikrofonni qo‘limga olganimda o‘zimga ham, ko‘zimga ham, so‘zimga ham ishonmadim. 10 daqiqacha nima deyotganimni, ichimdan qanday o‘ylar o‘tayotganini o‘zim bilardim, hech kimga sezdirmadim. So‘ng asta bu olamga, sharhga qaytdim. Futbol muxlislari uchun nimadir yangi gap yo ularni lol qoldiradigan so‘zlardan tiyildim. Boricha, qo‘limdan kelganicha sharhlab berdim.

Xayrulla Hamidov "Sport" telekanalidagi faoliyatini davom ettirishi, u yerdagi rejalari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

– Biz endi shartnoma imzoladik. Hujjatlar tayyor bo‘lsa, yana faoliyatimni davom ettiraman. Muxlislar, o‘zim ham, O‘zbekiston miliy terma jamoamizning g‘alabali onlarini sog‘inganmiz. Vatanimizni jahon chempionatida ko‘rishni istaymiz. MTJ o‘yinlarini sharhlaymanmi yoki yo‘q, buni hozircha bilmayman. Muhimi, O‘zbekistonga birga muxlislik qilamiz.

– Nasib bo‘lsa, kelajakda bir qator rejalar tuzganmiz. "Futbol plyus", "FIFA" yoki shunga o‘xshash ko‘rsatuv bilan ekranlarga ham qaytish niyat bor. Bundan tashqari, shou-dasturlar o‘ylab yuribmiz. Faqat darrov emas, sekin-asta bo‘ladi hammasi.

Biz ham Xayrulla Hamidov ijodi va faoliyatiga omadlar tilab qolamiz.

Manba: uzbekistan24.uz
Kiritildi: 20:31, 20.08.2017.
O'qildi: 13067 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.