Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inga kirishdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inga kirishdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 saralash bosqichi so‘nggi ikki o‘yini oldidan bugun, 20 avgust kuni Toshkentda o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘iniga kirishdi.

“Paxtakor” stadionida o‘tkazilgan yig‘inning ilk kunida asosan Oliy Liga klublarida to‘p surayotgan futbolchilar ishtirok etdi. Legionerlardan Anzur Ismoilov milliy termaga kelib qo‘shildi. Qolgan legionerlar terma jamoa ixtiyoriga keyinroq yetib keladi.

Bugungi mag‘shulotlar tiklanish jarayoni bilan boshlandi va yengil mashqlar bajarildi. Shuningdek, jismoniy tayyorgarlikka ham e’tibor qaratildi. Gollandiyalik mutaxassis Chima Mishel Oneke futbolchilar bilan yakka tartibda ishladi.

Mashg‘ulot davomida futbolchilarning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida kichik musobaqalar o‘tkazildi.

Berilgan shartlarni tez va chaqqonlik bilan bajargan futbolchilar bosh murabbiy Samvel Babayan tomonidan kichik rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandi.

O‘quv-mashg‘ulotlar yig‘ini davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 avgust kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Samvel Babayan bo‘lajak o‘rtoqlik o‘yini hamda JCH–2018 saralash bosqichining Xitoy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlariga 27 futbolchini jalb qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati saralash bosqichida 31 avgust kuni Uxan shahrida Xitoy, 5 sentyabr kuni esa Toshkentda Janubiy Koreya bilan o‘ynaydi. Ayni paytda O‘zbekiston 8 ta o‘yindan keyin 12 ochko to‘plab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritilishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘llanma uchun kurashda 2-o‘rindagi Koreyadan 1 ochkoga ortda qolmoqda.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:15, 20.08.2017.
O'qildi: 11024 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик