Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Rossiyada yig‘in o‘tkazadi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Rossiyada yig‘in o‘tkazadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi shu yilning 24-31 avgust kunlari Rossiyada bir haftalik yig‘in o‘tkazadi.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Rossiyaning Yekaterinburg shahrida bo‘lib o‘tadi. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz yig‘in doirasida Rossiyaning "Viz-Sinara" va "Zik-Urfu" jamoalariga qarshi nazorat o‘yinlari o‘tkaziladi. Terma jamoamiz delegasiyasi Rossiyaga 24 avgustda uchib ketadi.

Nazorat o‘yinlari
25.08.2017
"Viz-Sinara" - O‘zbekiston

26.08.2017
"Viz-Sinara" - O‘zbekiston

29.08.2017
"Zik-Urfu" - O‘zbekiston

30.08.2017
"Zik-Urfu" - O‘zbekiston

Bo‘lajak yig‘in O‘zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo‘lib o‘tadigan 2017 yilgi Osiyo o‘yinlari va futzal bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Ma’lumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o‘yinlari shu yilning 17–27 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Shu o‘rinda terma jamoamiz Yekaterinburgda nazorat o‘yinlari o‘tkazadigan klublar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

"Viz-Sinara"

Yekaterinburg shahri sharafini himoya qiladigan "Viz-Sinara" Rossiyaning mashhur klublaridan biri hisoblanadi. Klub 1992 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda Rossiya Superligasida ishtirok etadi. Jami 11 marotaba mavsumni sovrinli o‘rinlarda yakunlagan, 2008-2009 va 2009-2010 yilgi mavsumlarda Rossiya chempioni bo‘lgan. Shuningdek, "Viz-Sinara" 2007-2008 yilgi mavsumda futzal bo‘yicha UYEFA kubogi finalida Ispaniyaning "El-Poso" jamoasini mag‘lub etib bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2007 yil Rossiya kubogi, 1998 yilda Oliy liga kubogini qo‘lga kiritgan.

"Viz-Sinara" o‘zining akademiyasi bilan ham mashhur hisoblanadi.

"Zik-Urfu" esa Rossiya Oliy ligasida ishtirok etadi, jamoa Superligaga chiqish uchun harakat qilmoqda.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:14, 21.08.2017.
O'qildi: 2945 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.