Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Muhammad Kone: Burkina Faso murabbiylari «Lokomotiv»dagi o‘yinlarimni kuzatib bormoqda

Muhammad Kone: Burkina Faso murabbiylari «Lokomotiv»dagi o‘yinlarimni kuzatib bormoqda

Baho:
+ | -

“Lokomotiv” jamoasi himoyachisi Muhammad Kone Jahon chempionati-2018 saralash bosqichi o‘yinlarida ishtirok etish uchun Burkina Faso milliy terma jamoasiga chaqirildi.

Afrikada o‘tkazilayotgan saralash bahslari doirasida burkinaliklar Senegal terma jamoasi bilan 2 ta uchrashuv o‘tkazishadi. Mazkur uchrashuvlarga jo‘nab ketish oldidan mahoratli himoyachi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– O‘z yurti milliy terma jamoasi safida o‘ynash – har bir futbolchi uchun faxr. Men ham Burkina Faso sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan juda mamnunman.

Rosti – ushbu taklif men uchun kutilmaganda bo‘ldi. Terma jamoa murabbiylar shtabi mening “Lokomotiv” safidagi o‘yinlarimni kuzatishibdi va yakunda bosh jamoaga chaqirishga qaror qilishibdi. Bundan juda-juda xursandman.

Men birinchi marta milliy terma jamoaga chaqirildim. Terma jamoamizda mahoratli va Yevropada nom qozongan ijrochilar ko‘p. Ulardan ko‘p narsalar o‘rganishga harakat qilaman.

Hozirda Burkina Faso terma jamoasi o‘z guruhida birinchi o‘rinda ketmoqda. Lekin bo‘shashishga aslo haqqimiz yo‘q. Zero guruhimizdagi raqiblar – JAR terma jamoasi, Senegal hamda Kabo Verde ham yaxshi saviyadagi jamoalar.

O‘ylaymanki, Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kurash so‘nggi turga qadar kechadi. Men ham mazkur o‘yinlarda maydonga tushib, terma jamoamga foyda keltirishga urinaman, – deydi Muhammad Gnontcha Kone “Lokomotiv” matbuot xizmatiga.

Ta’kidlash joizki, Afrikada o‘tayorgan JCH-2018 saralashining so‘nggi bosqichida Burkina Faso terma jamoasi “D” guruhida ishtirok etmoqda va 2-turdan so‘ng 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Ushbu yurt vakillari 2 sentyabrda safarda va 5 sentyabr kuni uyda Senegal terma jamoasi bilan bahs yuritishadi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 14:14, 23.08.2017.
O'qildi: 5410 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик