Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Barselona" Chempionlar ligasida eng murakkab guruhga tushishi mumkin

"Barselona" Chempionlar ligasida eng murakkab guruhga tushishi mumkin

Baho:
+ | -

Bugun Monakoda Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Musobaqaning barcha ishtirokchilari ma’lum bo‘lgach, UYEFA ularni savatchalarga ajratib chiqdi.

1-savatcha: "Real" (Ispaniya), "Bavariya" (Germaniya), "Chelsi" (Angliya), "Yuventus" (Italiya), "Monako" (Fransiya chempionati), "Benfika" (Portugaliya), "Spartak" (Rossiya) va"Shaxtyor" (Ukraina).

2-savatcha: "Barselona", "Atletiko", "Sevilya" (barchasi - Ispaniya), "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" (ikklasi ham - Angliya), "Borussiya", (Dortmund, Germaniya), PSJ (Fransiya) va "Portu" (Portugaliya).

3-savatcha: "Napoli", "Roma" (ikkalasi ham - Italiya), "Tottenhem", "Liverpul" (ikkalasi ham - Angliya), "Bazel" (SHveysariya), "Olimpiakos" (Gresiya), "Anderlext" (Belgiya), "Beshiktosh" (Turkiya).

4-savatcha: SSKA (Rossiya), "Seltik" (SHotlandiya), "Feyenoord" (Niderlandiya), "Maribor" (Sloveniya), "Leypsig" (Germaniya), "Qorabog‘" (Ozarbayjon), APOEL (Kipr), "Sporting" (Portugaliya).

Ma’lumki, qur’a qoidasiga ko‘ra, bir savatchadan joy olgan jamoalar, shuningdek bir mamlakat vakillari guruh bosqichida bir-biriga qarshi o‘ynamaydi.

Agar chamalab ko‘rilsa, "Barselona" guruh bosqichida "Yuventus", "Liverpul" va "Feyenoord" klublari bilan to‘qnash kelishi mumkin. Unda bu kvartetni bemalol "o‘lim" guruhi deb nomlash mumkin.

O‘z navbatida, agar omad kulib boqsa, "Barselona" guruh bosqichida "Spartak", "Bazel" va "Qorabog‘" klublariga duch kelishi ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, qur’a tashlash jarayoni soat 21-00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:07, 24.08.2017.
O'qildi: 23855 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик