Ispaniya La Ligasi prezidenti Xavyer Tebas "PSJ"ga o‘tgan Neymar bo‘yicha bergan va’dasini bajarmadi.
Iyul oyida mulozim agar Neymar "PSJ" klubiga moliyaviy feyr-pley qoidalariga zid ravishda o‘tadigan bo‘lsa, uni sudga berishini aytgan edi.
Biroq, L'Equipe xabariga ko‘ra, bugungi kunda La Liga bu borada rasman hech qayerga shikoyat qilmagan.