Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Bugun boks bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. O‘zbekistonlik 10 bokschining raqiblari ma’lum

Bugun boks bo‘yicha Jahon chempionati start oladi. O‘zbekistonlik 10 bokschining raqiblari ma’lum

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Germaniyaning Hamburg shahrida bugun — 25 avgust kuni boks bo‘yicha Jahon chempionati start oladi.

Uning hamma vaznida o‘zbekistonlik sportchi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Kecha — 24 avgust kuni janglarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, 10 nafar o‘zbekistonlik bokschidan 2 tasi ishtirokini 1-bosqichdan boshlaydigan bo‘ldi: Jasur Latipov (-52 kg) va Sanjar Tursunov (-91 kg). Qolgan barcha bokschilar avtomatik ravishda mundialga 2-bosqichdan qo‘shiladi.

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Nazar Kurotchin (Ukraina) — Robinson Rodriges (Kosta-Rika)
-52 kg: Jasur Latipov — Yankiel Rivera (Puerto-Riko)
-56 kg: Murod Ahmadaliyev — Qayrat Eraliyev (Qozog‘iston)/Kristofer Flores (Meksika)
-60 kg: Elnur Abduraimov — Harri Garsayd (Avstraliya)/Karen Tonakanyan (Armaniston)
-64 kg: Iqbol Xoldorov — Matej Polski (Polsha)/Jon Guttyeres (Kolumbiya)
-69 kg: Shahram G‘iyosov — Yevgeniy Barabanov (Ukraina)/Nkumbu Silungve (Zambiya)
-75 kg: Isroil Madrimov — Luis Rodriges (Puerto-Riko)/Aziz Achilov (Turkmaniston)
-81 kg: Bektemir Meliqo‘ziyev — Muslim Gajimagomedov (Rossiya)/Jeyson Varela (Kolumbiya)
-91 kg: Sanjar Tursunov — Jeffri Gonsales (Nikaragua)
+91 kg: Bahodir Jalolov — Kim Larsen (Daniya)/Mbui Karlos (Angola)

O‘zbekistonlik 10 bokschidan 9 nafari Jahon chempionatiga qit’a chempioni sifatida tashrif buyurgan. Ular Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan. Faqatgina -91 kilogrammda jang qilgan Sanjar Tursunovgina Osiyo chempionatining yarim finaliga yetib bora olmagan va medalsiz qolgan. Shunga qaramay, Tursunov pley-off raundida raqibini yengib, mundial chiptasiga ega chiqqan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:46, 25.08.2017.
O'qildi: 14392 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.