Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Toshkentda Bahodir Ibrohimov xotira turniri bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Bahodir Ibrohimov xotira turniri bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Shu yilning 20–25 avgust kunlari O‘zbekiston Futbol Federasiyasining sun’iy qoplamali maydonida “Paxtakor” klubining sobiq futbolchisi, sport ustasi Bahodir Ibrohimov xotirasiga bag‘ishlangan IV  Respublika turniri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi, O‘zbekiston Futbol Faxriylari Kengashi hamda “Paxtakor” klubi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada respublikaning turli viloyatlaridan 2004 yilda tug‘ilgan futbolchilardan tashkil topgan jami 13 jamoa – “Paxtakor”, “Jizzax”, “Marg‘ilon”, “Sho‘rchi”, “Bunyodkor”, “Qo‘qon”, “Urganch”, BO‘SM-16, “Buxoro”, “Chinoz”, “Lokomotiv”, “Yangiyer” va “Jarqo‘rg‘on” ishtirok etdi.

Guruh bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan “Paxtakor”, “Bunyodkor”, “Chinoz” va “Yangiyer” jamoalari yarim finalga yo‘llanma oldi. Dastlabki yarim finalda “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari “Chinoz”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, finalga yo‘l oldi. Ikkinchi yarim finalda “Yangiyer” jamoasi “Bunyodkor”ni 3:1 hisobida taslim qilib, final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Bahodir Ibrohimov xotira turniri
24 avgust, payshanba
Yarim final uchrashuvlari

“Paxtakor” – “Chinoz” 4:1

“Bunyodkor” – “Yangiyer” 1:3

Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari “Chinoz”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Final bellashuvida “Paxtakor” 3:1 hisobida “Yangiyer”dan ustun kelib, bosh sovringa ega bo‘ldi.

25 avgust, payshanba
Uchinchi o‘rin uchun bahs

“Bunyodkor” – “Chinoz” 3:2

Final

“Yangiyer” – “Paxtakor” 1:3

Turnirning yopilish marosimida O‘FF bosh kotibi Sardor Rahmatullayev, O‘zbekiston Futbol Faxriylari Kengashi raisi Narimon Jalolov, Kengash raisi o‘rinbosari To‘lagan Isoqov, faxriy mehmonlar Axbor Imomxo‘jayev, Axrol Inoyatov, Vyacheslav Soloxo, Vladimir Shtern, Shamil Yafarov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarga medal, diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:17, 25.08.2017.
O'qildi: 2719 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик