«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala Italiya chempionatining 2-turi doirasida «Jenoa»ga qarshi o‘yinda (4:2) xet-trikka erishdi.
«Men xursandman. O‘yin qiyin bo‘lishini bilardim. O‘yinni yomon boshladik, lekin o‘yinning borishini o‘zgartira oldik. Mavsumning boshlanishidan qoniqish hosil qildim. «Yuventus»ning 10-raqamli futbolkasini kiyish ulkan mas’uliyat ekanini bilardim. Hozircha bu menga omad keltirmoqda», — dedi Dibala.