Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

La liga. Asensio «Real»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

La liga. Asensio «Real»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 2-turi doirasida "Real" Madridda "Valensiya"ni qabul qildi va kutilmaganda ochko yo‘qotdi. Ushbu o‘yinda Zidan markaziy himoya bilan bog‘liq muammoga duch kelgani o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida mehmon himoyachilarining qo‘pol xatosidan so‘ng Asensio to‘pni egallab oldi va 17 metrdan chiroyli zarba bilan hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib hisob tenglashdi. "Valensiya"ning chap qanot bo‘ylab tashkil etgan hujumi paytida madridliklar o‘z darvozabon maydonchalari ichida Solerni ko‘zdan qochirishdi. Natijada "ko‘rshapalaklar" a’zosi osonlik bilan darvozani ishg‘ol qildi.

Mahoratli futbolchilardan tashkil topgan "Qirollik klubi" o‘yin davomida juda ko‘p vaziyatlar yaratib, ulardan foydalana olmadi. Aksincha, bahs tugashiga 13 daqiqa qolganida chap qanotdan uyushtirilgan hujum oqibatida Kondogbiya "Valensiya"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmasdan Asensio jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda golga aylantirdi.

O‘yin so‘ngida mezbonlar g‘alabani o‘z tomonlariga og‘dirishlari mumkin edi, ammo Benzema o‘ta qulay 2ta imkoniyatdan foydalana olmadi. Dastlab u 6-7 metrdan darvozaga aniq zarba bera olmagan bo‘lsa, Karimning keyingi zarbasini "Valensiya" posboni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, Zidan jamoasi Ispaniya chempionatining 2-turidayoq 2 ochkodan mahrum bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 2-tur
Real Madrid – Valensiya 2:2 (1:1, 1:1)
28 avgust, 01.15, «Santyago Bernabeu»
Gollar: 1:0 – 10 Asensio, 1:1 – 18 Soler, 1:2 – 77 Kondogbia, 2:2 – 83 Asensio.
Real Madrid – Navas, Karvaxal, Kazemiro, Nacho, Marselo, Modrich, Kroos (Mayoral, 84), Isko (Kovachich, 46), Beyl (Vaskes, 74), Benzema, Asensio.
Valensiya – Neto, Montoyya (Nacho Vidal, 75), Ruben Vezu, Murilyo, Toni Lato (Nacho Xil, 83), Soler, Parexo, Kondogbia, Gayya, Dzadza, Rodrigo (Santi Mina, 88).
Ogohlantirishlar: Montoyya (49), Nacho (53), Kazemiro (61), Parexo (66), Karvaxal (72), Rodrigo (81), Soler (84), Dzadza (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:34, 28.08.2017.
O'qildi: 16501 marta.
Fikrlar: 18 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик