Aleksis Sanches «Arsenal»ga o‘zini transferga qo‘yishni so‘rab murojaat qilmagan.
The Independent jurnalisti Jek Pitt-Brukning yozishicha, londonliklar klubi ushbu chililik futbolchi klubga jamoadan ketish istagida ekanini ma’lum qilgani bo‘yicha xabarlarni rad qilgan.
Sanchesning amaldagi shartnomasi muddati 2018 yil yozigacha. Agar u shartnomani uzaytirmasa, yanvar oyida boshqa bir klub bilan kelishuvga erishib, dastlabki shartnomani tuzishi hamda mavsum yakunida jamoadan erkin agent maqomida ketishi mumkin bo‘ladi.