Avgust oyida APL eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi.
Ular: Joze Mourinyo ("Manchester Yunayted"), Xosep Gvardiola ("Manchester Siti"), Yurgen Klopp ("Liverpul"), Devid Vagner ("Xaddersfild") va Toni Pyulis ("Vest Bromvich").
Avgust oyida "Manchester Yunayted" umumiy 10:0 hisobida uchta g‘alabaga erishdi. "Manchester Siti", "Liverpul", "Vest Bromvich" va "Haddersfild" ikki marta g‘alaba qozonib, bir marta durang o‘ynadi.
G‘olib 8 sentyabr kuni e’lon qilinadi.