Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Karlush Keyrush: "Eron futbolchilariga mukofot puli yo‘q, ular tarixda qolish uchun o‘ynaydi"

Karlush Keyrush: "Eron futbolchilariga mukofot puli yo‘q, ular tarixda qolish uchun o‘ynaydi"

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Terma jamoalar / Eron
Rukn: Intervyular

Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush Janubiy Koreya termasiga qarshi o‘yinda qayd etilgan golsiz durangdan so‘ng OFK rasmiy saytiga intervyu berdi. Seuldagi o‘yinda eronlik futbolchilar yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida bir kishi kamroq harakat qilgan bo‘lsa-da, yakunda baribir darvoza dahlsizligi saqlab qolindi.

Vaholanki Eron JCH chiptasini allaqachon qo‘lga kiritib bo‘lgandi, deb yozdi OFK sayti. Shunga qaramay forslar «A» guruhidagi yurishni davom ettirish uchun harakat qildi.

"Men bu uchrashuvni biz uchun katta o‘yin deb ayta olmasdim. Shunga qaramay, unda haqiqiy jang bordi. Ayniqsa, ikkinchi bo‘limda bir kishi kam qolganimizdan so‘ng shogirdlarim bilan faxrlanishni boshladim. Ular jamoa sifatida o‘sayotganliklarini, birdamligimiz ortib borayotganini ko‘rsata olishdi.

Biz saralashni mag‘lubiyatsiz yakunlash haqida o‘ylayotganimiz yo‘q. Shunchaki o‘yindan-o‘yinga rivojlanib borishimiz kerakligini tushunamiz. Shuning uchun ham yaxshi himoyalanishga, hujumda ham faol bo‘lishga harakat qildik. Bu o‘yinda futbolchilarim o‘ziga xos harakter ko‘rsata oldi" - dedi Karlush Keyrush.

Erondagi 6,5 yili davomida Karlush Keyrush mamlakat bosh jamoasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Uning boshqaruvida forslar ketma-ket ikki bor mundialda to‘p tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Eron termasi FIFA reytingida Osiyo mamlakatlarini ortda qoldirib, qit’aning eng oldi futbol jamoasiga aylanib oldi.

Forslar JCH—2018 saralashining 6 uchrashuvida zafar quchdi va 3 ta o‘yinni durang bilan yakunladi. 9 ta o‘yin davomida Eron birorta ham gol o‘tkazib yubormadi.

"Futbolchilar o‘zlarining hayoti uchun, tarixda qolish uchun, o‘z g‘ururi uchun javlon urmoqda. Jahon eronlik futbolchilarning bu jasorati haqida gapirishi ularning ruhiyatini ko‘taradi va shunday bo‘lishi ham kerak. Axir eronliklar hech qanday rag‘bat va mukofot pullarisiz shunga muvaffaq bo‘lishdi. Men hayotim davomida ular kabi yigitlarni ko‘rmaganman" - dedi Keyrush.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:53, 03.09.2017.
O'qildi: 7578 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.