Vadim Abramov bosh murabbiyligidagi “Neftchi” futbolchilari o‘z qarorgohida “Buxoro”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.
Bugun jamoaning asosiy va yoshlar tarkibi o‘rtasida o‘zaro bahs o‘tkazildi. Unda asosiy jamoa vakillari 4:3 natijasida g‘alabaga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni “Neftchi” o‘z maydonida “Buxoro” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 17:30da start oladi.