Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Shin Te Yong: "Biz pley-off bosqichi haqida o‘ylamayapmiz"

Shin Te Yong: "Biz pley-off bosqichi haqida o‘ylamayapmiz"

Baho:
+ | -

Ertaga "Bunyodkor" stadionida stadionida O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2018 saralash bosqichi doirasida Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi. Bugun esa mehmonlar bosh murabbiyi Shin Te Yong va futbolchi Son Xeung Min matbuot anjumanida ishtirok etdi. Matbuot anjumani darhol savol-javoblar bilan boshlandi.

Shin Te Yong:
- Jamoa o‘zini Toshkentda qanday his qilyapti?
- Hammasi joyida. Kunduzi ham issiq, ammo mashg‘ulot o‘tkazadigan paytimizda havo salqin va yoqimli.

Son Xeung Min:
- O‘zbekistonga qarshi terma jamoasini yaxshi bilaman. Bu jamoaga qarshi ko‘p o‘yinlarda ishtirok etganman. Murabbiy bilan g‘alaba qozonish uchun reja ishlab chiqqanmiz.

- O‘zbekiston terma jamoasining Xitoyga qarshi o‘yinini ko‘rgan bo‘lsangiz, O‘zbekiston g‘alaba qozonishi uchun nima yetishmadi?
- Raqib jamoa haqida fikr bildirish to‘g‘ri emas. Men raqib murabbiyiga nima qilish kerakligini o‘rgata olmayman.

- Shunday bo‘lishi mumkinki, Janubiy Koreya guruhda 3-o‘rinni olishi va pley-offda ishtirok etishga majbur bo‘lishi mumkin?
- Men bu haqida umuman o‘ylayotganim yo‘q. Biz faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma haqida bosh qotiryapmiz. Shuningdek, parallel kechadigan Eron- Suriya haqida ham o‘ylamayapman. Boisi, Toshkentdagi g‘alaba bizni JCHga olib chiqadi.

- Ertangi o‘yin juda katta ahamiyatga ega. O‘yinchilar oldiga qanday talablar qo‘yyapsiz?
- Bizda xavotir yo‘q. Eronni mag‘lubiyat etganimizda muddatidan oldin JCHga chiqardik. Shu narsa biroz kayfiyatni tushirdik. Hozir esa ruhiy holatimiz joyida.

- Siz Samvel Babayan jamoasi bilan 2 marta to‘qnash kelgansiz. Bir marta milliy terma jamoa, bir marta olimpiya terma jamoasi boshqaruvida. Har ikkala safar g‘alaba qozongansiz. Bu safargi to‘qnashuv haqida nima deya olasiz?
- Samvel Babayan bilan yaxshi munosabatlarga egamiz. Men uni hurmat qilaman.

- O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi juda ko‘p marta o‘ynagansiz. Ulardan qaysi o‘yin eng qiyin bo‘lgan?
Son Xeung Min: - Qaysidir o‘yinni ajratib ko‘rsata olmayman. Boisi, O‘zbekistonga qarshi o‘yinlar hamisha qiyin kechgan. Bu oson raqib emas. Ertaga ham qiyin o‘yin bo‘lishini kutyapmiz. Ertaga g‘alaba qozonish uchun bor kuchimiz bilan o‘ynashga to‘g‘ri keladi.

- Janubiy Koreya terma jamoasi bu saralash bosqichida safar o‘yinlarida birorta ham g‘alabaga erishmadi. Nimaning evaziga g‘alaba qozonishingizga ishonyapsiz?
- Safarda g‘alabaga erishish uchun ham men terma jamoani qabul qilib oldim.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:56, 04.09.2017.
O'qildi: 6334 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.