Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Van Damm Asian Fight turniriga kelolmasligi yuzasidan tashkilotchilar izoh berdi

Van Damm Asian Fight turniriga kelolmasligi yuzasidan tashkilotchilar izoh berdi

Baho:
+ | -

ASIAN FIGHT xalqaro sport turniri tashkilotchilari tomonidan “Bunyodkor” stadionida tezkor matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda faxriy mehmon sifatida taklif etilgan Jan Klod Van Damm betobligi tufayli kela olmasligi, uning o‘rniga esa boshqa yulduz taklif etilishi ma’lum qilindi. Bu mehmon jang san’ati ustasi Stiven Sigal ekanligi aytildi.

Ushbu xabar turnir reklamasidan ham tez yoyildi, turli fikrlar bildirildi. Salbiy ta’siri eng kuchli bo‘lganlar izohlardan biri “biznikilar o‘zi nimaniyam eplaydi?!” degani bo‘ldi.

Bu haqda tadbir tashkilotchilardan biri Qobuljon Ahmedov o‘z fikrini bildirdi:

“Tanqid qilish, masxara qilish juda oson. Ayniqsa futbolchilarimizdan keyin hammaning hafsalasi pir bo‘lib turibdi. Yuqoridagi salbiy izoh ham balki shuning hosilidir. Lekin bu boshqa masala. Aslida ASIAN FIGHT xalqaro sport turnirining mohiyati nimada? Tushuninglar, bu – sport turniri, konsert yoki sirk emas. Bu turnir bizga nima beradi? Yoki masalan, chipta sotib olgan odamga nima beradi? Aksariyat odam o‘zi va farzandi uchun chiptaga buyurtma bermoqda. Ular turnir mohiyatini tushungan odamlar. Yoshlarimizni sportga qiziqtiradi. Unda jang qilayotgan o‘zbek o‘g‘lonlariga o‘xshashni orzu qiladi. Bu orzu-istak o‘smirlarni yomon illatlardan – chekishdan, ichishdan, giyohvandlikdan qaytaradi. Vatan sha’ni uchun kurashishni o‘rgatadi. G‘olib bo‘lib, yelkaga tashlangan bayroq bilan ringda yurish ta’mini his qiladi. Ota-onalar, yaqinlari, xalqini duosini olish qandayligini ko‘radi. Turnirda O‘zbekiston nomidan ringga ko‘tariladigan yigitlar – bugungi kun qahramonlari. Ularning har birida kamida bittadan jahon chempionligi kamari bor. Kelgusida ham chempionlik yo‘lidan ketishlariga shubham yo‘q.
Kechirasizlaru, biz allaqanday tatu festivali o‘tkazayotganimiz yo‘q. Shahvat tarqatuvchi xorij estradasi vakillarining “ijodi”ni ko‘z-ko‘z qilmayapmiz. Eng asosiysi, ma’naviyatimiz va e’tiqodimiz ildiziga bolta uradigan “Ommaviy madaniyat” unsurlarini olib kelayotganimiz yo‘q. Bizga hozir g‘arbparast, yuqoridagi illatlarni sevuvchi odamlarning g‘iybati, ortiqcha gap-so‘zi emas, balki yurtni, sportni sevuvchi insonlarning chin ma’noda yordami kerak. 
Chiptalar arzon, “Istiqlol” san’at saroyidagi istalgan konsert chiptasidan qimmat emas. Internetda o‘tirvolib, ig‘vo tarqatish oson. O‘sha insonlar asli turnirga bormaydi ham. Boshqalarni ham borishdan qaytaradi. Van Damm tasdiqlovchi xat berdi, videomurojaat yubordi, biz gonorarining katta qismini to‘ladik, aviabiletlar oldik. Lekin sog‘ligi yomonligi tufayli kelolmadi. Kelmaydi emas, kelolmaydi. Monson bilan birga bo‘lgani uchun umumiy shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ldik. Lekin Van Dammdan mashhurligi kam bo‘lmagan Stiven Sigal kelyapti. Biz qo‘limizdan kelganini qilyapmiz. Chiptalar narxini imkon boricha arzon qildik, xalqimizga qulayliklar yaratish umididamiz. Lekin bir narsani ta’kidlashni istardimki, bu turnirga odamlar qaysidir mehmonni ko‘rish uchun emas, balki o‘zbek jangchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun, sportni targ‘ib qilish uchun, yosh avlodni sog‘lom qilish uchun, vatanparvarligini sinovdan o‘tkazish uchun boradi. Menimcha, shunday. Chiptalar majburlab sotilmayapti!”
Manba: darakchi.uz
Kiritildi: 10:40, 07.09.2017.
O'qildi: 6251 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик