Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Samvel Babayan boshchiligida O‘zbekiston terma jamoasi o‘tkazgan o‘yinlar statistikasi

Samvel Babayan boshchiligida O‘zbekiston terma jamoasi o‘tkazgan o‘yinlar statistikasi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston Futbol Federasiyasi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va uning shtabi jahon chempionatiga chiqa olmagani sabab butunlay tarqatib yuborildi.

Uzreport.news sayti 46 yoshli mutaxassis boshchilgida O‘zbekiston terma jamoasi o‘tkazgan o‘yinlar statistikasini havola qildi.

2015 yil 16 iyun Jahon chemionati saralashining ikkinchi bosqichida Mirjalol Qosimov boshchilgida terma jamoamiz safarda shimoliy Koreyaga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygach, oradan 7 kun o‘tib ya’ni 23 iyun sanasida Samvel Babayan murabbiylik kursisiga o‘tirgan edi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston terma jamoasi qatorasiga 7ta o‘yinda g‘alaba qozonib “H” guruhida 1-o‘rin bilan hal qiluvchi 3-bosqichga yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi. Saralashning 3 raundidagi dastlabki ikki turda Suriya va Qatarga qarshi bahs olib borgan hamyurtlarimiz kichik hisoblarda zafar quchishgach, Babayan shogirdlarining g‘alabali yurishi 9ta o‘yinga yetadi. Biroq, 11 oktyabrda Eronga qarshi o‘yinda imkoniyat boy berildi va mag‘lubiyasiz seriya ham o‘z yakuniga yetdi. Shu tariqa, mazkur bosqichda 4ta g‘alaba, 1 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etgan terma jamoamiz mundial yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Samvel Babayan boshchiligida terma jamoamiz rasmiy o‘yinlarda 11 g‘alaba, 1 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etdi. O‘rtoqlik o‘yinlari bilan hisoblanganda esa 17 g‘alaba, 2 durang va 7 mag‘lubiyat.

To‘plar nisbati rasmiy o‘yinlarda 24-10, o‘rtoqlik o‘yinlari bilan hisoblanganda esa 40-15ni tashkil etdi. Eng yirik g‘alaba 25-avgust kuni Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida qayd etilib unda futbolchilarimiz 5:0 hisobida zafar quchishgan edi. Eng yirik mag‘lubiyat esa 2017-yilning 12-iyun sanasida Eronda qayd etilgandi.

Mazkur statistikada faqat terma jamoalarga qarshi rasmiy va o‘rtoqlik o‘yinlari nazarda tutilgan.

Samvel Babayan shuningdek, 12-30 yanvar sanalarida Rio-2016 Olimpia o‘yinlariga saralash doirasida, Qatarda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ham terma jamoaga murabbiylik qilgan edi. Mazkur murabbiy boshchilgida terma jamoamiz “S” guruhida 3-o‘rinni egallab, pley-off yo‘llanmasidan quruq qolgan edi.

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 13:58, 07.09.2017.
O'qildi: 13879 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик