Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Rossiyalik mutaxassis O‘FF rahbarligini ko‘zlamoqda

Rossiyalik mutaxassis O‘FF rahbarligini ko‘zlamoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Toshkentdagi Radisson Blu mehmonxonasida «O‘zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va jahon tajribasi» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiya O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidentligi sayloviga 5 kun vaqt qolganida tashkil etildi.

Tadbirning asosiy mehmoni sifatida o‘z vaqtida Rossiya futbol uyushmasi prezidentligi uchun nomzod bo‘lgan Alisher Aminov taklif etilgandi. Aminov yuqoridagi mavzu bo‘yicha prezentasiya qilib, mavjud muammo va kamchiliklarni ochiqcha sanab o‘tdi. Bunda mutaxassis MDH tararrufiga kiruvchi bir qator mamlakatlarni, xususan, Rossiya futbolini ham misol qilib keltirib, ularni futboli rivojlangan mamlakatlar bilan solishtirdi.

Alisher Aminov Toshkentga Rossiyadagi futbolchi va murabbiylar huquqlarini himoya qilishi ko‘zda tutilgan uyushma asoschilaridan biri Vladimir Leonchenko bilan tashrif buyurdi. Mehmon ham bunda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashib, O‘zbekiston futbolidagi muammolarga til tekkazib o‘tdi.

Konferensiyada, shuningdek, sport qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Mirzahakim To‘xtamirzayev va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti kafedra mudiri Komil Ziyodullayev prezentasiyalari bilan ishtirok etdi.

Unda OAV xodimlari, futbolchilar, futbol faxriylari va mutaxassislar ham qatnashdi. Keyinroq debatga aylanib ketgan yig‘ilishda O‘FFning ayni vaqtdagi rahbariyatiga shaffoflik yetishmasligi va barcha ishlar eshik orqasida hal etilishi masalasi ko‘rib chiqildi. Alisher Aminovning qayd etishicha, mamlakat futbolining oldida ayni paytda ikki yo‘l turibdi: yo shaffof ishlaydigan va futbolni fan darajasida tushunadigan mutaxassislar bilan to‘g‘ri yo‘lga tushib olish yoki hozirgacha kelingan yo‘ldan yurishda davom etib, rivojlangan mamlakatlardan ortda qolaverish.

Mazkur konferensiya «Anhor.uz» internet sayti bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Alisher Aminov o‘zbek bo‘lsa-da, Rossiya fuqaroligiga ega shaxs. U avval O‘FF ishini ko‘klarga ko‘tarib maqtagan, sal o‘tgach esa tanqidiy va ba’zan asossiz gaplarni tinmasdan aytib kelgan edi.

Uning bu harakatlaridan O‘FF rahbarligini qo‘lga kiritish niyati borligini sezish mumkin. Bu insonni o‘zbek futboliga qanchalik foydasi tegishi mumkin, bilmadik...

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:52, 07.09.2017.
O'qildi: 20423 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.