Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Ulug‘bek Baqoyev: "Bahs so‘nggidagi g‘alaba to‘pi meni g‘oyat quvontirdi"

Ulug‘bek Baqoyev: "Bahs so‘nggidagi g‘alaba to‘pi meni g‘oyat quvontirdi"

Baho:
+1 | -

Oliy liganing 20-turida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi “Buxoro”ni qabul qildi.

O‘yinda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bahsdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida buxoroliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Neftchi” jamoasini anchadan beri g‘alaba qozonmay kelayotganini bilardik. Aynan shuni inobatga olib farg‘onaliklarning g‘alabaga bo‘lgan intilishi kuchli ko‘rinish olishi tabiiy edi. O‘yin qiziqarli bo‘ldi. Bahs so‘nggidagi g‘alaba to‘pi meni g‘oyat quvontirdi. Yigitlarga rahmat. Futbol o‘yini davomida gol kiritish uchun juda ko‘plab vaziyatlar bo‘ladi. Biroq mana shu vaziyatlarning barchasi ham gol bilan tugasa bu sport turining qizig‘i qolmaydi. “Neftchi” jamoasining o‘yini menga yoqdi. Jamoa tarkibidagi bir qator futbolchilarning harakatlarini alohida e’tirof etish mumkin. Fikrimcha, hozir “Neftchi” jamoasining namoyish etayotgan o‘yini ularning jadvaldagi egallab turgan o‘rniga mos emas. Farg‘ona jamoasi navbatdagi bahslarda g‘alaba qozonishida tilakdoshman", - dedi Baqoyev. 

Manba: fcneftchi.uz
Kiritildi: 20:32, 07.09.2017.
O'qildi: 4551 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик