Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Mbappe bilan «PSJ» qanday ko‘rinish hosil qiladi?

Mbappe bilan «PSJ» qanday ko‘rinish hosil qiladi?

Baho:
+ | -

«PSJ» bosh murabbiyi Unay Emeri jamoaga Kilian Mbappening kelishi bilan bir qator taktik sxemalarga ega bo‘ldi. Biroq poytaxt klubi uchun eng ideal sxema qaysi biri bo‘lishi mumkin? France Football nashri bu borada mulohazalarini bildirdi.

4 3-3 o‘yin sxemasi

Qulay tarafi

Ushbu o‘yin sxemasi davomiylikni kasb etgan bo‘ladi. 2013 yilda klub boshqaruviga Loran Blan tayinlanganidan beri parijliklar o‘z o‘yinlarini asosan 4 3-3 o‘yin sxemasida shakllantirdilar. Fransiyalik murabbiy o‘z o‘rnini Unay Emeriga 2016 yilda bo‘shatib berganidan keyin ham, avgust oyida superyulduz Neymarning kelishi ham amaldagi rejalarni o‘zgartira olmadi. O‘tgan oylarda parijliklar o‘yinida jo‘shqinlik kuzatilgan bo‘lsa ham, o‘yin uslublari o‘zgargani yo‘q. Bu esa ispaniyalik murabbiyga Motta – Verratti – Rabyo mustahkam uchligi bilan maydon markazida muvozanatni saqlab turishini ta’minlashga erishishga yordam beradi.

Noqulay tarafi

Eng muammoli tomoni shundaki, Kilian Mbappening jamoa safiga qo‘shib olinganidan keyin, 4 3-3 o‘yin uslubida jamoa hujum chizig‘ida yangi qurbon talab qilinadi. Neymar, Kavani, Di Mariya, Draksler, Lukas Moura va Mbappelar (Ben Arfa allaqachon bosh murabbiy rejalariga kirmay qo‘ygan) hujumdagi uch o‘rin uchun kurashishadi. Bunda o‘ng qanot va Anxel Di Mariyaning o‘rni tahdid ostida qolib ketadi. Unay Emeri tanlovini qabul qilishi kerak. 4 3-3ning boshqa noqulay tomoni esa ko‘plab futbol mutaxassislari ta’kidlaganidek parijliklar raqiblariga taklif qilayotgan o‘yin, ya’ni vertikal o‘ynashni kamaytirib, ko‘proq to‘p uzatishni amalga oshirgan holda o‘ynashi.

4-2-3-1 sxemasi

Qulay tarafi

Hujumkor o‘yin ko‘rsatayotgan paytida, parijliklar o‘yin sxemasi an’anaviy 4 3-3 dan ko‘ra ko‘proq 4-2-3-1ga o‘xshaydi. 25 avgust kungi «Sent-Eten»ga qarshi bahsda (3 0) bu yaqqol ko‘zga tashlandi: Pastore Edinson Kavaniga yordam bergan holda, aldamchi o‘nlik vazifasida o‘ynagan bo‘lsa, Rabyo – Motta juftligi quyiroq pozisiyani egalladi. Unay Emeri uchun ikki markaziy yarim himoyachi bilan o‘ynash (Verratti – Rabyo) yangilik emas. Qulay tomonlaridan yana biri esa ushbu o‘yin tizimida ispaniyalik murabbiy qo‘shimcha yana bir hujumkor o‘yinchisini maydonga tushirishi mumkin. Shartli ravishda, ushbu o‘yin sxemasida Di Mariya yoki Draksler o‘ng qanotdan joy olsa, Neymar markaziy pozisiyada harakat qilsa, Mbappe esa chap qanotda o‘ynashi mumkin.

Noqulay tarafi

4-2-3-1 o‘yin uslubining muhim noqulay tomoni jamoaning barqarorligida yotadi. Chunki parijliklar Chempionlar Ligasida yuz berganidek, kuchli raqiblarga qarshi bahsda bosim ostida qolib ketganida ularga aynan uchinchi yarim himoyachi yetishmasligi pand beradi. Adren Rabyo va Marko Verrattilar esa ushbu o‘yin tizimida tayanch yarim himoyachisi vazifasini a’lo darajada bajara olmaydi. Bunday rolga o‘tgan mavsumni to‘liq o‘tkaza olmagan Tyago Mottaning mos keladi. Barcha ushbu muammoni aytishdi va takrorlashdi, biroq «PSJ» bunday vazifaga mos keladigan o‘yinchini jamoaga qo‘shib olmadi.

4-4-2

Qulay tarafi

4-4-2 da Unay Emeri Kavani va Mbappeni old chiziqda o‘ynatishi mumkin. O‘tgan mavsumda barcha o‘yinlarda birgalikda 75 gol urgan ushbu juftlik ajoyib ko‘rinish hosil qiladi. Qolganlar esa 4 2-3 1 tizimidagi kabi harakat qilaveradi. Ayniqsa, hujumkor harakat qilganda. Neymar qog‘ozda chap qanotni egallasa, aslida ijrochi maqomida harakat qiladi. Qanot himoyachilari (Kurzava va Alvesh) esa hujumdagi faolliklari evaziga sheriklariga ko‘proq pozisiya ochib berishga harakat qiladi.

Noqulay tarafi

Qanot hujumchilari – Neymar, Di Mariya, Draksler, Lukas Moura, hatto Pastorelar ko‘proq himoyalanishga majbur bo‘ladi. Bu esa moslashishni talab qiladi. Parij jamoasi ikkiga – hujumni yoqtiradigan yarim himoyachilar va hujumkor futbolchilardan deyarli yordam olmaydigan qanot himoyachilariga ega bo‘ladi.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 14:02, 09.09.2017.
O'qildi: 8985 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.