Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Asian Fight-2017” Stiven Sigal ishtirokisiz o‘tdi

“Asian Fight-2017” Stiven Sigal ishtirokisiz o‘tdi

Baho:
+-2 | -

Shu yilning 9 sentyabr kuni poytaxtning “Bunyodkor” stadionida ASIAN FIGHT xalqaro sport turniri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur turnirda Jan Klod Van Damm, Jef Monson va Fyodor Yemelyanko kabi jahon yulduzlari ishtirok etishi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otgan edi.

Biroq turnirga sanoqli kunlar qolganida mazkur taniqli shaxslar O‘zbekistonga kela olmasligi ma’lum bo‘ldi. Tadbir tashkilotchilari Jan Klod Van Damm betobligi tufayli kela olmasligi, uning o‘rniga esa boshqa yulduz ya’ni jang san’ati ustasi Stiven Sigal tashrif buyurishini ma’lum qilishdi. Biroq noma’lum sabablarga ko‘ra, sport turniri Stiven Sigalning ishtirokisiz o‘tdi.

Sport turnirida miks-silat yo‘nalishidagi 8ta jang o‘tkazildi. Ularning yettitasida o‘zbekistonlik sportchilarning qo‘li baland keldi.

Birgina yengil vazn toifasidagi vakilimiz Ulug‘bek Umarov afg‘onistonlik sportchiga texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Qolgan 7 nafar sportchilar musobaqalarda g‘alaba qozonishdi.

Dastlab Ayyubxon Kamolov hindistonlik Vikashni muddatidan avval parterdagi ustunlik evaziga taslim etdi. Keyin esa xuddi shunday usul evaziga Isroil Rasulov singapurlik Muhammad Kairini yengdi.

Hasanxon Baratov rossiyalik Mixail Koldorkinni mag‘lub etdi.

Jasur Mirzamuhammedovning raqibi kiprlik sportchi bo‘ldi. Jasur ikkinchi raundda Vartan Aparyanni mag‘lubiyatga uchrata oldi.

Ahliddin Mirzadavlatov esa qozog‘istonlik sportchini birinchi raundda taslim etdi.

MMA yo‘nalishida jahon chempioni Mahmud Muradov ozarbayjonlik Ziya Mirzayev ustidan g‘alaba qozondi.

Sport turnirida estrada xonandalari ham chiqish qildi. Nilufar Usmonova, Shoira Otabekova, Nilufar, Munisa Rizayeva kabi xonandalarning qo‘shiqlari tomoshabinlarga a’lo kayfiyat baxsh etdi.

Manba: darakchi.uz
Kiritildi: 13:31, 10.09.2017.
O'qildi: 13111 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.