Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

“Humo Arena” nomli yangi muz saroyining loyihasi namoyish etildi

“Humo Arena” nomli yangi muz saroyining loyihasi namoyish etildi

Baho:
+ | -

Toshkentda qurilayotgan ko‘p funksional “Humo Arena” muz saroyi O‘zbekistonda ilk hashamatli sport arenasi hisoblanib, hozirda saroyda Janubiy Koreyaning “Heerim Architects” kompaniyasi ishchilari mehnat qilishayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Kelasi yilga qurilish ishlari yakunlanishi rejalashtirilgan muhtasham saroyning asosiy qismini Singapur mamlakatining yirik kompaniyalaridan biri Enter Engineering Pte. Ltd quruvchilari o‘z zimmalariga olishgan.

O‘zbekistonning Wind Rose kompaniyasi qurilishni moliyalashtirish bilan birga shaxsiy investisiyasini sarflamoqda.

Eskizlarga ko‘ra, bino zamonaviy xay-tek uslubida shisha va metalldan quriladi. Energiya jihatidan “aqlli” va yashil texnologiyalar ham chetda qolmaydi.

Yangi kompleks o‘zida zamonaviy me’moriy yechimlar, ilg‘or texnologiya va milliy me’morchilik an’analarini mujassamlashtiradi.

Binoga bejiz “Humo Arena” deb nom berilmagan bo‘lib, Humo qushi azaldan baxt timsoli sifatida ta’riflanadi. Davlatimiz gerbida ham ushbu afsonaviy qushning tasviri aks ettirilgan.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, majmuaning asosiy muz arenasida 12 500 ta tomoshabin o‘rni bo‘ladi, qo‘shimchasida 300 ta o‘rin, shuningdek 200 ta avtomobil sig‘imiga ega avtoturargoh hamda bolalar uchun tematik park va bir nechta restoran quriladi.

“Muz saroyini ko‘p funksiyali deb e’tirof etilishining sababi — bu yerda xokkey, short-trek, figurali uchish, boks, basketbol, voleybol, konsert chiqishlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston seysmik faol hududda joylashganini e’tiborga olgan holda, majmua 9 ballik yer silkinishlariga dosh bera oladigan qilib quriladi”, deya izoh berishdi “Heerim Architects”da.

Qayd etish lozim, kompaniya O‘zbekistondagi boshqa yirik loyihada xam ishtirok etmoqda. Yangi Toshkent aeroport terminalining dizayn loyihasini aynan shu kompaniya ishlab chiqqan.

Loyiha bir muddatga to‘xtatilgan edi, biroq yaqinda MAK vakillari uning tiklanishini va shu maqsadda O‘zbekiston delegasiyasi Janubiy Koreyaga tashrif buyurishini ta’kidladi.

Biz qalbda ishonch va g‘urur bilan O‘zbekistonda yangi sport saroyi qurib bitkazilishini intiqlik bilan kutib qolamiz.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 13:49, 11.09.2017.
O'qildi: 8521 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.