Kirish Ro'yxatdan o'tish

YECHL, 1-tur. «S» guruhi. «Chelsi» «Qorabog‘»ni yanchib tashladi

YECHL, 1-tur. «S» guruhi. «Chelsi» «Qorabog‘»ni yanchib tashladi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichidagi eng yirik hisob Londonda qayd etildi. O‘z tarixida ilk marta guruh bosqichiga chiqqan Ozarboyjonning "Qorabog‘" klubi "Chelsi"dan o‘ta yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Konte shogirdlari debyutantni ayab o‘tirmadi — 6:0.

Ushbu guruhdan o‘rin olgan "Roma" va "Atletiko" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda hisob ochilmadi.

YECHL, "C" guruhi, 1-tur
Chelsi Angliya – Qorabog‘ Ozarboyjon 6:0 (2:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 5 Pedro, 2:0 – 30 Dzappakosta, 3:0 – 55 Aspilikueta, 4:0 – 71 Bakayoko, 5:0 – 76 Batshuayi, 6:0 – 82 Batshuayi.
Chelsi – Kurtua, Kristensen, Keyxill, Alonso, Aspilikueta (Ryudiger, 75), Villian, Kante (Bakayoko, 63), Pedro (Azar, 58), Fabregas, Dzappakosta, Batshuayi.
Qorabog‘ – Shexich, Sadigov (Madatov, 70), Jeznichak, Medvedev, Guseynov, Garayev (Diniyev, 70), Rishard, Michel, GerYE, Pedro Enrike (Elyunussi, 77), Ndlovu.
Ogohlantirish: Keyxill (16).

Roma Italiya – Atletiko Ispaniya 0:0 (0:0, 0:0)
Roma – Alisson, Manolas, Kolarov, Jezus, Bruno Peres, Strotman, de Rossi, Nainggolan (Pellegrini, 79), Perotti, Defrel (Fasio, 68), Jeko (El-SHaaravi, 89).
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Koke, Gabi (Ferreyra Karrasko, 62), Parti, Saul, Grizmann (Gaytan, 79), Vyetto (Korrea, 58).
Ogohlantirish: Perotti (71).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 02:07, 13.09.2017.
O'qildi: 10674 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик