Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Zidan: «Biz hali haqiqiy Garetni ko‘ramiz»

Zidan: «Biz hali haqiqiy Garetni ko‘ramiz»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Yevropa chempionlar ligasi doirasida APOELga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (3:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Birinchi bo‘limda unchalik yaxshi o‘ynay olmadik, ikkinchi taymda juda yaxshi harakat qildik. Musobaqani g‘alaba bilan boshlash va o‘z darvozamiz daxlsizligini saqlab qolish — bu muhim.

Ronaldu – bizning eng muhim futbolchimiz. U doimo kerakli joyda paydo bo‘ladi va gollar uradi. Umid qilaman, u shunday ruhda o‘ynashda davom etadi.

Biz mavsumni juda yaxshi boshladik. Ikkita sovrinni qo‘lga kiritdik. Boshlagan ishni davom ettirishimiz kerak.

Beyl bir nechta pozisiyalarda o‘ynay oladi, jumladan, chap qanotda ham. Bugun u o‘zining universal ekanini namoyish qildi. Biz o‘yinni Ronaldu va Beyl hujum juftligi bilan boshladik, keyin esa Garet o‘z pozisiyasini o‘zgartirdi.

Asta-sekin biz avvalgi Beylni ko‘ra boshlaymiz. O‘tgan mavsumda u 4 oy maydonga tusha olmadik. Beyl mavsumoldi tayyorgarlikni yaxshi o‘tadi. Jarohat olmadi, ko‘p o‘yinlarda ishtirok etdi. Biz hali haqiqiy Garetni ko‘ramiz. U o‘sishda davom etmoqda. Uning bugungi o‘yinidan qoniqish hosil qildim», — dedi Zidan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:32, 14.09.2017.
O'qildi: 14589 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик