Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi yangi prezidentining tarjimai holi

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi yangi prezidentining tarjimai holi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ahmadjanov Umid Mahamadjonovich 1977 yil 16 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan.

Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy. O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutini imtiyozli asosda tugatgan. Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashi deputati.

Mehnat faoliyatini 1995 yilda «Zenit» firmasida ishchi sifatida boshlagan. 1995-2001 yillarda «Ilmu Ziyod» xususiy korxonasida ishchi, keyinroq 26-sonli qurilish boshqarmasida ishchi hamda operator vazifalarida, shuningdek, Olimpiya Aksionerlik Jamiyatida avtosanoat bo‘limi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.

Ushbu yillardagi mehnat faoliyati davomidagi ishbilarmonligi hamda tashabbuskorligi, tashkiliy ishlar hamda boshqaruv sohasidagi bilim va tajribalari evaziga 2002 yilda O‘zbekiston nogironlar sport federasiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi. 2007 yilga kelib, dastlab O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assosiyasiyasi Bosh kotibi hamda raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ushbu tashkilotdagi faoliyati bilan birgalikda U. Ahmadjanov 2007 yildan e’tiboran O‘zbekiston Dzyudo Federasiyasi raisi o‘rinbosari hamda O‘zbekiston Olimpiya Qo‘mitasi vise-prezidenti lavozimlarida ham samarali faoliyat yuritdi. Umid Ahmadjanov ushbu tashkilotlardagi faoliyati davomida mamlakatda sport sohasining rivojlanishiga, shu jumladan, paralimpiya sportining rivojlanishida, mamlakat paralimpiyachilarining jahon arenalarida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishiga ulkan hissa qo‘shdi.

Aynan uning Paralimpiya Assosiyasiyasidagi faoliyati natijasida O‘zbekiston paralimpiya delegasiyasi 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi Paralimpiada o‘yinlarida tarixiy natijalarini qayd etdi. Ushbu Paralimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar jami 31 ta, shulardan 6ta oltin, 8 ta kumush hamda 17 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston sporti tarixidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi.

U. Ahmadjanov olimpiya sport turlarining rivojlanishida, mamlakatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish ishlarida samarali mehnat qildi. Uning sport federasiyalari va assosiasiyalari boshqaruvi tizimidagi bir necha yillik mehnati va faoliyati davomida sportchilarga zarur sharoitlarni yaratish ishlariga katta e’tibor berildi. U sport, ayniqsa, olimpiya hamda paralimpiya sport turlarining infratuzilmasini yaxshilashda bevosita ishtirok etdi.

Umid Ahmadjanovning sport federasiyalari va assosiasiyalaridagi ko‘p yillik faoliyati va mehnati hukumat va jamoatchilik e’tiborini qozondi. Umid Mahamatjanovich Ahmatjanov 2017 yilning 12 sentyabrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Futbol Federasiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasining yangi prezidenti etib saylandi.

Umid Ahmadjanov oilali, uch o‘g‘il va bir qizi bor.

Umid Ahmatjonov mamlakatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi, shuningdek, sport sohasini rivojlantirish va uni dunyoga tanitishdagi samarali mehnati, mamlakat sporti rivojiga ulkan hissa qo‘shgani uchun «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlangan.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 10:29, 14.09.2017.
O'qildi: 11154 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.