Oliy Liga 21-turi taqvimida o‘zgarish yuzaga keldi.
“Olmaliq” (Olmaliq) – “Obod” (Toshkent) uchrashuvi “Olmaliq” shahrida jamoat tadbirlari o‘tkazilayotgani munosabati bilan 16 sentyabrdan 17 sentyabr kuniga surildi.
Ushbu klublarning Yoshlar Ligasi 21-turi doirasidagi uchrashuvi esa 15 sentyabr kunidan 18 sentyabr kuniga ko‘chirildi.