Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Ashxoboddagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i xilpiray boshladi

Ashxoboddagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston bayrog‘i xilpiray boshladi

Baho:
+ | -

Ertaga, 17 sentyabr kuni Ashxoboddagi Olimpiya stadionida Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Xabar berib o‘tganimizdek, kecha delegasiyamizning asosiy qismi Toshkent-Ashxobod charter reysi bilan Turkmaniston poytaxtiga yetib borib, Olimpiya shaharchasiga joylashgan edi. Kechqurun shu yerning o‘zida O‘zbekiston davlat bayrog‘ini ko‘tarish tantanali marosimi o‘tkazildi.

Marosimda O‘zbekiston Respublikasining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Akmaljon Kuchkarov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining raisi Rustam Qurbonov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, musobaqa tashkiliy qo‘mitasi vakillari, sportchilar, murabbiylar va ommaviy axborot vositasi xodimlari ishtirok etishdi.

Bayroq ko‘tarish marosimida barcha delegasiya a’zolari ishtirok etib, madhiyamiz sadolari ostida O‘zbekiston Davlat bayrog‘i rasman tantanali ravishda ko‘tarildi.

Shundan so‘ng Olimpiya shaharchasi meri, Turkmaniston kurashi bo‘yicha 2 karra xalqaro turnirlar sovrindori Dayanch Guldurdiyev Osiyo o‘yinlarida delegasiyamiz rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farxod Turdiyev bilan o‘zaro sovg‘alar almashib olishdi.

Demak, musobaqada ishtirok etuvchi 64 mamlakat bayroqlari orasida kechadan boshlab muzaffar bayrog‘imiz ham xilpiray boshladi. Ayni paytda barcha sportchilarimizning kayfiyati baland, ular ko‘tarinki ruh va katta ishonch bilan musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.

Bugundan jiu jitsu va an’anaviy kurash bo‘yicha bellashuvlar boshlandi. Ularda o‘zbekistonlik sportchilar ham g‘oliblik uchun kurash olib borishmoqda. Qayd etilgan natijalar bilan keyingi chiqishlarimizda batafsil ma’lumot beramiz.

 

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:23, 16.09.2017.
O'qildi: 3676 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.