Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

“Real” muxlislari faqat hushtakbozlikka yaraydimi?

“Real” muxlislari faqat hushtakbozlikka yaraydimi?

Baho:
+ | -

Ispaniyaning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos o‘z muxlislardan futbolchilarga nisbatan hushtakbozlik qilmasliklarini so‘radi.
 
Yevropa Chempionlar ligasi 1-turidan o‘rin olgan APOEL klubiga qarshi kechgan bahs (3:0) da “Santyago Bernabeu” “Real” yarim himoyachisi Garet Beylni muvaffaqiyatsiz harakatlari uchun hushtakbozlik bilan siylagan.
 
“...Men o‘zim hech narsani eshitmadim va tribunada nima bo‘lganidan xabarim yo‘q. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham o‘zimizning futbolchilarga nisbatan hushtakbozlik qilish yaxshi emas.
 
Biz g‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni berdik va hech qaysimiz ustimizdan hushtakbozlik qilishlariga arzimaymiz!
 
Biroq gap “Real” haqida bormoqda va muxlislar ham har bir futbolchi ijrosida kuchli o‘yin ko‘rishni xohlaydi.
 
To‘g‘ri, ba’zilar bizga qarshi shunday munosabatda bo‘lishi mumkin, lekin bu hech nimaga yordam bermaydi”, deydi germaniyalik futbolchi Toni Kroos.
 
Ta’kidlash joizki, Garet Beyl APOELga qarshi uchrashuvning 82-daqiqasiga qadar maydonda harakat qildi va gollarning birida jamoadoshlarini to‘p bilan ta’minladi. Ammo shunga qaramasdan muxlislar Garet Beyl ustidan mazah qilishgan...
 
Ma’lumot uchun, “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasining birinchi turini o‘z maydonida o‘tkazib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Endilikda “qirollik klubi” 2-turni 26 sentyabr kuni Germaniyaning “Borussiya” Dortmund klubiga qarshi o‘tkazadi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 15:02, 16.09.2017.
O'qildi: 6694 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.