Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qilgan navbatdagi ikki klub nomi ma’lum

Keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qilgan navbatdagi ikki klub nomi ma’lum

Baho:
+ | -

Milliy chempionatlarning navbatdagi tur yakunlariga ko‘ra, «PSJ» va Dortmundning «Borussiya» klublari 2026/27 yilgi mavsum uchun Chempionlar ligasining umumiy bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 8 va 9-jamoalarga aylandi.

Fransiya Liga 1 peshqadami «PSJ» safarda «Anjer» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng ochkolari sonini 69 taga yetkazdi. Mavsum yakuniga uch tur qolganda parijliklar 4-o‘rindagi «Lill» (57 ochko) va undan pastdagi jamoalar uchun yetkazib bo‘lmas masofaga chiqib olishdi. Ma’lumot uchun, Fransiyadan 3 ta jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushbu bosqichga yo‘l oladi.

Germaniyadan esa 4 ta klub Chempionlar ligasining umumiy bosqichiga yo‘llanma oladi. Bundesligada 2-o‘rinda borayotgan «Borussiya D» o‘z maydonida «Frayburg»ni tor-mor etib (4:0), 67 ochko jamg‘ardi. Dortmundliklar ham turnir yakuniga uch tur qolganda 5-o‘rindagi «Hoffenxaym» (57 ochko) uchun nedosyagayem bo‘lishdi.

Avvalroq Chempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumidagi joyini «Barselona», «Bavariya», PSV, «Arsenal», «Real», «Inter» va «Manchester Siti» klublari naqd qilib bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu bosqichga jami 29 ta klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladi, qolgan 7 ta o‘rin esa saralash bahslari orqali aniqlanadi.

Kiritildi: 12:56, 27.04.2026.
O'qildi: 1750 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик