Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Aziz Ashurov: "Qo‘qonlik muxlislardan uzr so‘rayman"

Aziz Ashurov: "Qo‘qonlik muxlislardan uzr so‘rayman"

Baho:
+ | -

Oliy liga 21-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Mash’al” (2:4) uchrashuvidan so‘ng, darvozabon Aziz Ashurov o‘z fikrlarini aytdi.

"Bugun biz uchun umuman kutilmagan natija qayd etildi. Ochig‘i bu natijadan so‘ng nimadir deyish ham qiyin. Biz maydonga albbata g‘alaba qozonish uchun tushgan edik. Kutilmaganda o‘z xatolarimiz tufayli darvozamizdan ikkita to‘p olib chiqqanimiz , futbolchilarimizning ruhiyatiga ta’sir qildi manimcha. Qolaversa bu o‘tkazib yuborilgan gollar murabbiylarimiz o‘yindan oldin bizni oldimizga qo‘ygan rejalarni ham o‘zgartirib yubordi.

“Mash’al” jamoasi biz kutganimizdan ham ancha yaxshi o‘yin namoyish qildi. Biz yasa yaratilgan vaziyatlardan foydalanishda oqsadik. Bugungi natijada barchamiz aybdormiz.

Futbol bu ehtiroslarga boy sport turi , o‘yin so‘nggida biroz ehtiroslarga berilganim uchun muxlislarimizdan hamda raxbarlarimizdan uzr so‘rayman. Men Qo‘qonlikman, shahrim sha’nini qanaqadir moddiy boylikka almashmayman. To‘g‘ri o‘tkazib yuborilgan gollarda aybim bordir, lekin ataylab xech qachon gol o‘tkazib yubormayman. Men o‘z shahrim, o‘z mahallam va o‘z oilam sha’nini xech narsadan ustun qo‘ymayman. Biz bu mavsumda o‘z maydonimizda ikkita o‘yinda mag‘lub bo‘ldik. Endi qolgan o‘yinlarda faqat g‘alaba qozonishimiz shart.

Barcha muxlislarimizni hurmat qilaman. Bugungi o‘yinda qilgan xatolarimizdan keyingi uchrashuvlarda to‘g‘ri xulosa chiqarib, muxlislarimizni albatta g‘alabalar bilan xursand qilamiz deb va’da beraman" - dedi Ashurov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 12:39, 17.09.2017.
O'qildi: 3106 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик