“Milan” klubi yarim himoyachisi Frank Kessi “Udineze”ga (2:1) qarshi o‘yindan keyin jamoaning jarohatlangan a’zosi Andrea Kontini esladi.
"Biz bu g‘alabani Andrea Kontiga bag‘ishlaymiz. Jamoa g‘alabani istadi va bunga erishdi.
Charchash – bu yaxshi holat, Yevropa ligasida ham to‘p surdik. Yetakchilar orasida qolish uchun g‘alaba qozonish shart edi. Endi chorshanba kuni bo‘ladigan o‘yin haqida o‘ylaymiz", - deydi afrikalik futbolchi.
20 sentyabr kuni “Milan” A seriya doirasida SPAL jamoasiga qarshi to‘p suradi.