Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Andrey Demchenko: "So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazish... alam qiladi"

Andrey Demchenko: "So‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazish... alam qiladi"

Baho:
+ | -

Oliy liganing 21-turidan o‘rin olgan "Olmaliq" - "Obod" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Andrey Demchenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- So‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatga uchrash har doim yoqimsiz bo‘lgan. Lekin bu futbol! Futbolda vaziyat har soniyada o‘zgarib ketishi mumkin, shuning uchun ham bu o‘yin barchaga yoqadi. Bugungi mag‘lubiyatimiz haqida nima deyman? Bugun uch ochko qo‘lga kiritishimiz uchun bizga hech kim halaqit bergani yo‘q. Shunchaki, vaziyatlardan foydalana olmaslik, bu boradagi ko‘rsatkichning juda pastligi hatto durangni ham ushlab qola olmasligimizga olib keldi. Vaholanki, "Olmaliq" darvozasini ishg‘ol qilishimiz uchun bizda anchagina imkoniyat bo‘ldi.

Futbolchilarim charchab qoldimi? Bu futbolda bo‘lib turadigan holat. 90 daqiqa, bunday bosimdagi uchrashuvning oxirida o‘yinchilarda charchoq bo‘lishi tabiiy, kerak bo‘lsa, mezbonlarda ham bu sezildi. Shunday bo‘lsa-da, yigitlar g‘alabani "yulib" olishga, Olmaliqdan uch ochko bilan qaytishga harakat qildi. Ammo foydalana olmadik. Aksincha, bittagina vaziyatda "konsentrasiyani" yo‘qotishimizdan mezbonlar bundan foydalanishdi.

Mezbonlar standart vaziyatlarga, qisqa va uzoq masofalarga to‘p uzatishga asoslangan o‘yin namoyish qilishini bilardik. Biz bunga juda yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. O‘ylaymanki, bir-ikki vaziyatni inobatga olmasa, aksar daqiqarda bu borada raqibga imkoniyat berganimiz yo‘q.

Manba: fcobod.uz
Kiritildi: 10:49, 18.09.2017.
O'qildi: 2426 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик