"Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Genrix Mxitaryan "Everton"ga (4:0) qarshi APL o‘yinidan so‘ng, o‘z fikrlarini aytdi.
"Og‘ir va murakkab o‘yin bo‘ldi. Hisob 4:0 bo‘ladi deb o‘ylamagan edik, biroq "Everton" himoyada bo‘sh hududlarni qoldirdi.
Biz g‘alaba uchun maydonga tushdik, durang haqida o‘ylamadik. Qanday hisobda g‘alaba qozonishning ahamiyati yo‘q, muhimi uch ochkoga ega bo‘lish" - dedi Mxitaryan VVS xabarida.