"Jenoa" klubi Italiya chempionati 4-turida "Lasio"ga 2:3 hisobida yutqazdi.
Mezbonlar tarkibidagi har ikkala gol hujumchi Pyetro Pellegri hisobiga yozildi.
Natijada, u A seriyadagi eng yosh dubl sohibiga aylandi. O‘yinni o‘tkazgan paytida Pellegri 16 yoshu 184 kunga to‘lgan edi.