Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston (U-16) terma jamoasi bugun Bahraynga qarshi maydonga tushadi

O‘zbekiston (U-16) terma jamoasi bugun Bahraynga qarshi maydonga tushadi

Baho:
+ | -

16 sentyabr kuni U-16 toifasidagi Osiyo chempionati-2018 saralash bosqichiga start berildi. Dilshod Nuraliyev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar termasi saralash o‘yinlariga qaratilgan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini Toshkentda olib bordi va o‘tgan hafta Saudiya Arabistoni poytaxti - Ar-Riyodga uchib ketdi.

Jamoa bosh murabbiyi mazkur saralash bahslari uchun 22 nafar futbolchi jalb etdi. Eslatma, vakillarimiz qur’a natijasiga ko‘ra, «A» guruhida mezbon - Saudiya Arabistoni, shuningdek, Bahrayn, Iordaniya va Shri-Lanka termalariga qarshi o‘ynashadi. Aytish joiz, o‘smirlarimizni Osiyo chempionati saralashiga kuzatish marosimida O‘FF rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Jumladan, federasiya vise-prezidenti Shoakram Isroilov rahbariyat nomidan so‘z olib, yigitlarimizga omad tiladi va ortga chempionat yo‘llanmasi bilan qaytishlariga ishonch bildirdi. Shuningdek, O‘FF nomidan Asqar Tolibjonov hamda PFL bosh direktori Farhod Magometov ham jamoaga zafar tilashdi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi tarkibi

Darvozabonlar: Mo‘minmirzo Qodirov, Xurshid Muhammadjonov, Shukron Yo‘ldoshev

Himoyachilar: Sardor Abdurashidxo‘jayev, Xurshid Ubaydullayev, Jasurbek Abdulbekov, Miraziz Saidov, Doniyor Sobirov, Otabek Jo‘rayev

Yarim himoyachilar: Abdurauf Bo‘riyev, Boburmirzo Ergashev, Jaloliddin Sodiqov, Jasurbek Jaloliddinov, Ruslan Roziyev, Diyor Rahimqulov, Mironshoh Sattorov, Mirjalol Qosimov, Javohir Abdualimov

Hujumchilar: Igor Chikrizov, Temur Mamasiddiqov, Bo‘ronbek Mirzasalimov, Boburbek Sobirov

Ma’lumot uchun aytish kerak, Osiyo chempionati-2018 saralashida OFKga a’zo 45ta mamlakatning o‘smirlar terma jamoasi 10ta guruhda ishtirok etadi. Har bir guruh g‘olibi hamda eng yaxshi natijaga ega 5ta 2-o‘rin sohibiga OCH final raundi yo‘llanmasi beriladi.

Shu 15ta jamoaga chempionat mezboni - Malayziya termasi qo‘shiladi. Osiyo chempionati final bosqichi kelasi yilning 20 sentyabr - 7 oktyabr kunlariga belgilangan.

16 sentyabr kuni boshlangan «A» guruhi uchrashuvlariga to‘xtalsak, 1-tur doirasidagi dastlabki o‘yinda Shri-Lanka va Bahrayn o‘smirlar termalari o‘zaro bahs olib bordi.

O‘yin davomida katta ustunlikka erishgan bahraynliklar yakunda 6:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Mezbon - Saudiya Arabistoni termasi esa iordaniyaliklarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Dilshod Nuraliyev shogirdlari musobaqadagi ishtirokini 2-turdan boshlashdi.

1-tur. 16 sentyabr (shanba)

Shri-Lanka - Bahrayn - 0:6

Iordaniya - S.Arabistoni - 2:1

2-tur. 18 sentyabr (dushanba)

Bahrayn - O‘zbekiston

Shri-Lanka - Iordaniya

3-tur. 20 sentyabr (chorshanba)

O‘zbekiston - Shri-Lanka

S.Arabistoni - Bahrayn

4-tur. 22 sentyabr (juma)

Iordaniya - O‘zbekiston

S.Arabistoni - Shri-Lanka

5-tur. 24 sentyabr (yakshanba)

Bahrayn - Iordaniya

O‘zbekiston - S.Arabistoni

15 sentyabr kuni musobaqa starti oldidan jamoalar bosh murabbiylari maxsus matbuot anjumanida ishtirok etishdi. To‘g‘ri, Shri-Lanka termasi bosh murabbiyi anjumanda ko‘rinish bermadi.

Gap shundaki, bu jamoa delegasiyasi Ar-Riyodga vaqtida yetib bormadi. Shuningdek, O‘zbekiston o‘smirlar termasi ham ilk o‘yini 18 sentyabr kuniga belgilangani bois, Ar-Riyodga bir kun keyin yetib bordi.

Shuning uchun matbuot anjumanida jamoamiz nomidan bosh murabbiy Dilshod Nuraliyev emas, balki o‘smirlar termasi menejeri Botir Karimjonov qatnashdi.

Rashid al Dossariy (Bahrayn termasi bosh murabbiyi):

- Saudiya Arabistoniga kelishgacha 3 oy davomida tayyorgarlik olib bordik. Guruhimizda teng kuchli jamoalar yig‘ilganini aytishim joiz. Maqsadimiz esa aniq - Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘l olish.

Abdulla al Katatiy (Iordaniya termasi bosh murabbiyi):

- Avvalo, bizni iliq kutib olgan tashkilotchilarga Iordaniya futbol federasiyasi nomidan minnatdorchilik bildiraman. Shuningdek, Saudiya Arabistoni milliy jamoasi Rossiya mundialiga yo‘l olgani bilan ham tabriklayman.

Guruhimizga kelsak, yengil raqibning o‘zi yo‘q. Deylik, Bahrayn va Shri-Lanka termalari ham barchaga birdek muammo tug‘dirishi mumkin. Jamoamiz tayyorgarlik doirasida bir qator xalqaro va mahalliy musobaqalarda ishtirok etdi. O‘ylaymanki, Osiyo chempionati final bosqichiga chiqishga qodirmiz.

Muhammad al Abdeliy (Saudiya Arabistoni termasi bosh murabbiyi):

- Ar-Riyod shahriga yetib kelgan jamoalar delegasiyasi a’zolarini ko‘rib turganimdan mamnunman. Umid qilamanki, ob-havo issiqligiga qaramay, barcha o‘zini yaxshi his qilmoqda. Jamoam haqida to‘xtalsam, yosh futbolchilarimiz yaxshi tayyorgarlikka egalar.

Bu kabi turnirlar yoshlar uchun katta futbol tomon dastlabki qadam hisoblanadi. Ayni damda ulardan ko‘p narsa talab qilolmaymiz, bosim o‘tkazmaymiz. Albatta, guruhdagi barcha jamoalar kabi biz ham OCH final bosqichiga chiqishni maqsad qilganmiz. Ammo shaxsan men futbolchilar avvalo, shu davrda zavqlanib to‘p surishlarini istardim.

Botir Karimjonov (O‘zbekiston termasi menejeri):

- Birinchi navbatda, Saudiya Arabistoni futbol federasiyasiga yuksak mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Barcha tashkiliy masalalar a’lo darajada. Jamoamiz tayyorgarlik jarayoniga kelsak, saralash bosqichiga qadar xalqaro musobaqalarda qatnashdik, o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushdik.

Saralash bahslari yaxshi kayfiyatda o‘tishidan umidvorman. Oldimizga qo‘yilgan vazifa - Osiyo chempionatiga chiqishni sifatli va yaxshi futbol namoyish etish asnosida bajarishga harakat qilamiz, albatta.

Manba: www.iff.uz
Kiritildi: 18:12, 18.09.2017.
O'qildi: 5203 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.