Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

O‘zbek derbilarida kimlar ustun? (ikkinchi qism)

O‘zbek derbilarida kimlar ustun? (ikkinchi qism)

Baho:
+ | -

Avvalroq O‘zbekiston milliy chempionati doirasida o‘tkaziladigan o‘yinlar, aniqrog‘i, turli viloyatlar derbilari va ularda kuzatiladigan murosasiz kurashlar haqida hikoya qilishni boshlagandik.

Bugun ushbu mavzuni davom ettirgan holda, navbatdagi prinsipial qarama-qarshiliklar xususida so‘z yuritamiz.

QASHQADARYO DERBILARI

«NASAF» - «MASH’AL»

O‘zaro uchrashuvlar soni: 29ta

«Nasaf» g‘alabasi: 15ta

«Mash’al» g‘alabasi: 8ta

Duranglar: 6ta

Urilgan gollar soni: «Nasaf» - 46; «Mash’al» - 27.

«Nasaf»ning eng yirik g‘alabasi: 3:0

«Mash’al»ning eng yirik g‘alabasi: 4:1

Qashqadaryo derbilari futbolimiz jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otishi barchaga ma’lum. Xususan, «Nasaf» hamda «Mash’al» jamoalari o‘rtasida kechadigan bahslar aksariyat hollarda ko‘psonli ishqibozlar guvohligida o‘tadi. Bunday o‘yin­larda har bir klub maydonga 6 ochko ilinjida tushadi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Ta’kidlash kerakki, ushbu ikki jamoa milliy chempionatlarimizda 29 marta o‘zaro bahs olib borishgan. O‘yinlardagi ustunlik qarshiliklar tomonida. «Nasaf» futbolchilari 15ta bahsda zafar quchishgan. «Gazchilar» esa 8ta o‘yinda maydonni boshlari baland holda tark etishgan. Yana 6ta uchrashuv durang bilan yakuniga yetgan. «Ajdarlar» so‘nggi yillarda «Mash’al»ga kamdan-kam o‘yinlarda imkoniyatni boy berishmoqda. Qarshi shahri sharafini himoya qiladigan klub muborakliklarni 2015 yilda o‘z maydonida 3:0 hisobida yenggandi. Mana shu g‘alaba «Nasaf» uchun ushbu qarama-qarshilikda eng yirigi bo‘lib turibdi. «Mash’al» esa «ajdarlar» ustidan eng yirik hisobdagi g‘alabasini 2007 yilda qozongan. O‘shanda «gazchilar» raqibni 4:1 hisobida taslim etishgandi.

«SHO‘RTAN» - «NASAF»

O‘zaro uchrashuvlar soni: 23ta

«Sho‘rtan» g‘alabasi: 5ta

«Nasaf» g‘alabasi: 17ta

Durang: 1ta

Urilgan gollar soni: «Sho‘rtan» - 24; «Nasaf» - 52.

«Sho‘rtan»ning eng yirik g‘alabasi: 3:2

«Nasaf»ning eng yirik g‘alabasi: 5:0

Vohaning yana bir derbisi «Sho‘rtan» hamda «Nasaf» o‘rtasida kechadi. Ushbu jamoalarning o‘zaro qarama-qarshiligida «ajdarlar» kattagina ustunlikka egalar. Qarshilik futbolchilar o‘zaro uchrashuvlarning 23tasidan 17tasini o‘z foydalariga hal etishgan. «Sho‘rtan» esa 5 martagina zafar quchgan. G‘uzorliklar ushbu raqibni so‘nggi bor 2011 yilda mag‘lub etishni uddalashgandi. O‘shandan buyon «Nasaf» «Sho‘rtan»ga mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Qarshi jamoasi g‘uzorliklarni yirik hisoblarda ko‘p bor mag‘lub etgan. Eng yirik g‘alaba esa 2011 yilda Qarshidagi «Markaziy» stadionida qayd etilgan. O‘shanda OFK kubogi-2011 g‘olibligi uchun bahs olib borayotgan «Nasaf» milliy chempionat birinchi davrasida «Sho‘rtan» darvozasiga javobsiz 5ta gol urgandi.

«MASH’AL» - «SHO‘RTAN» va TOSHKENT VILOYATI DERBISI

DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 09:26, 19.09.2017.
O'qildi: 4089 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.