Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Zidan: «To‘p raqib darvozasiga kirishni istamadi»

Zidan: «To‘p raqib darvozasiga kirishni istamadi»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan «Betis»ga qarshi o‘yin (0:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«To‘p raqib darvozasiga kirishni istamagani — yomon, ammo bu futbol, shunaqasi ham bo‘lib turadi. Biz ajoyib o‘yin ko‘rsatdik, deya olmayman, ammo yomon o‘ynadik, deyishga ham til bormaydi. Biz ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarini yaxshi o‘tkazdik, ammo keyinchalik shosha boshladik.

Bizda 26 yoki 27ta golli vaziyat bo‘ldi, ammo o‘z stadionimizda omadimiz kelmadi. Menga «xotirjamlik» so‘zi yoqadi. Biz uni saqlab qolishimiz kerak. Biz xotirjam bo‘lamiz.

Chempionatning starti haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, buni qabul qilishga majburmiz. O‘z uyimizda yetarlicha yaxshi o‘ynay olmayapmiz. Bunday bo‘ladi, deb o‘ylamagandik. Endi hech narsani o‘zgartira olmaymiz. Lekin keyingi o‘yindan boshlab vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilamiz. G‘alaba qozonish uchun bor kuchimizni beramiz. Shuningdek, o‘z uyimizda o‘tkazadigan keyingi o‘yinda ham g‘alaba qozonishga intilamiz.

Ronalduning o‘yiniga nisbatan e’tirozim yo‘q. Aksincha, diskvalifikasiyadan keyin safimizga qaytganidan xursandmiz.

Men hech narsadan afsuslanmayman, men hamisha g‘alaba qozonishni istayman. Futbolchilarchilarni turlicha almashtirishim mumkin, ammo maqsad o‘zgarmas bo‘lib qoladi — g‘alaba», — dedi Zidan.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:36, 21.09.2017.
O'qildi: 10744 marta.
Fikrlar: 34 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик