Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Vulverhempton - Liverpul
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

YECHL. Guruh bosqichi. 1-tur rekordlar, faktlar, raqamlar

YECHL. Guruh bosqichi. 1-tur rekordlar, faktlar, raqamlar

Baho:
+ | -

1 - Markus Rashford o‘zining debyut o‘yinlarini gol bilan bezashni xush ko‘radi. U quyidagi turnirlardagi ilk uchrashuvida raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan: CHL (1ta), YEL (2ta), APL (2ta), Angliya Liga kubogi (1ta). Shuningdek, Angliya milliy jamoasi (1ta) va yoshlar termasi (3ta)dagi debyutida ham maydonni golsiz tark etmagan.

2 - CHL-2017|2018da 2ta debyutant bor - «RB Leypsig» va «Qorabog‘».

2 - Garri Keyn «Borussiya»ga qarshi bahsda «dubl» qayd etib, o‘ziga xos natijaga erishdi. U inglizlar orasida Ueyn Runidan keyin CHLda qatorasiga 3ta o‘yinda gol urgan ikkinchi futbolchi bo‘ldi.

4 - «Barselona» hujumchisi Lionel Messi nihoyat, Janluiji Buffon darvozasiga ham gol urdi. «SE» nashri ma’lumotlariga ko‘ra, endi «Rubin» posboni Sergey Rijikov natijasi yaqqol ajralib turibdi. Demak, «Rubin» shu paytgacha CHLda «Barselona» bilan 4 marta to‘qnash kelgan va Rijikov bu o‘yinlarda Leoning gol urishiga yo‘l qo‘ymagan.

10 - Robert Levandovski «Bavariya»ning CHL doirasidagi oxirgi 11ta o‘yinda 10ta gol urgani bilan maqtanishga haqli.

Gollar ko‘pligiga qarang!

Yangi mavsum ajoyib rekord bilan boshlandi. Gap shundaki, 1-tur doirasidagi 16ta o‘yinda jami 54ta gol qayd etildi: seshanba kuni - 28ta va ertasiga - 26ta.

Xullas, turnir  hozirgi formatga o‘tganidan buyon eng sermahsul tur kuzatildi.

To‘g‘ri, 2000|2001 yillar mavsumining ilk turida 63ta gol urilgan, lekin o‘sha vaqt turnir formati boshqacha bo‘lib, 2ta guruh bosqichini o‘z ichiga olardi.

Hozirgi formatda 1-turda urilgan gollar soni

2003|2004 - 40ta

2004|2005  - 31ta

2005|2006 - 37ta

2006|2007 - 42ta

2007|2008 - 36ta

2008|2009 - 36ta

2009|2010 - 37ta

2010|2011 - 44ta

2011|2012 - 32ta

2012|2013 - 43ta

2013|2014 - 53ta

2014|2015 - 43ta

2015|2016 - 48ta

2016|2017 - 50ta

2017|2018 - 54ta

TEXNIK KO‘RSATKICHLAR

Darvoza tomon aniq zarbalar soni bo‘yicha: 3ta - Edinson Kavani («PSJ»), Romelu Lukaku («MYU»), Lionel Messi («Barselona»), Lorenso Insinye («Napoli»), Robert Levandovski («Bavariya»), Krishtianu Ronaldu («Real»).

Darvoza tomon noaniq zarbalar soni bo‘yicha: 6ta - Krishtianu Ronaldu («Real»); 5ta - Damyan Boxar («Maribor»); 4ta - Aryen Robben («Bavariya»), Garet Beyl («Real»).

Sariq kartochkalar soni bo‘yicha: 2ta - Yan Vertongen («Tottenxem»), Jo Gomes («Liverpul»). Jami 63ta sariq kartochka ko‘rsatildi.

Eng ko‘p gol urgan jamoalar: DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 10:33, 21.09.2017.
O'qildi: 4520 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.