Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Rossiyada Argentina va Messidan qanday karomatlar kutish mumkin?

Rossiyada Argentina va Messidan qanday karomatlar kutish mumkin?

Baho:
+ | -

«Argentina tarkib jihatidan dunyoning eng kuchli termalaridan biri, lekin o‘yin bobida juda bo‘sh» - «Albiseleste»ni xush ko‘rmaydigan, hatto Messining mahorati ham jamoaga yordam berolmaydi, degan aqida tarafdorlarining fikrlari bu. Xo‘sh, aslida ham shundaymi?

Rossiyada Argentinadan qanday karomatlar kutish mumkin? Agar u mundial yo‘llanmasini qo‘lga kirita olsa, albatta?!

Jamoaning JCH-2018 saralashidagi nursiz o‘yinlari va Kolumbiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Faustino Aspirilya o‘z intervyusida Messi jamoadoshlarini uquvsiz eshaklar galasiga qiyoslagani mavzuning naqadar jiddiy va dolzarb ekaniga turtki bo‘lmoqda. Ehtimol, Rossiyada o‘tadigan mundial Messidek o‘ta noyob iqtidor sohibi jahon chempioniga aylanishi uchun so‘nggi imkondir? Leoning buyuk afsonalar safiga ko‘tarilishiga ana shu yuksak unvonning yo‘qligi xalal beryapti.

Boz ustiga, argentinalik to‘purarning munosib raqobatchisi - Ronaldu ham qachondir jahon tojini qo‘lga kiritishiga ishonish qiyin. Taajjubki, ko‘pchilik muxlis va mutaxassislar fikricha, Argentina risoladagidek tarkibga ega, omadsizlikning asosiy sababchisi esa... Messi ekan. Biz bu fikrga qo‘shilmaymiz. Argentina JCH-2018da hech narsaga erisholmaydi, unga na Messi va na Sampaoli yordam bera oladi.

Chunki tarkib juda zaif, motivasiya va ruhiyat borasida muammolar talaygina. Ularni bartaraf etishga esa vaqt juda oz qoldi. Boisi, gap terma jamoa haqida ketmoqda  -  klublardagi kabi saviyali o‘yinchilarni xarid qilish imkniyati yo‘q, futbolchilar 3-4 oyda bir marta to‘planishadi, bir yoki ikki uchrashuvda maydonga tushadilaru, o‘z klublariga g‘oyib bo‘lishadi. Endi ko‘pchilik nazdida kuchli deb baholanayotgan Argentina terma jamoasi tarkibini pozisiyalar bo‘yicha boshqa terma jamoalarga taqqoslab ko‘raylik.

Darvozabonlar

So‘nggi chiziq bobida Argentina o‘zini xotirjam his etishi mumkin. Kutilmagan jarohatlar yuz bermasa, albatta. Hozirgi payt «Real Sosyedad»da ijarada yurgan «Man Siti» posboni Xeronimo Ruli, Meksikaning «Tigres» klubi darvozasini qo‘riqlayotgan Nauel Guzman istalgan payt Serxio Romero o‘rnini to‘ldira oladi. Asosiy posbon esa «MYU»da «kuboklar mutaxassisi» sifatida tanilgan va doimiy amaliyotdan chetda bo‘lsada, sport formasi talab darajasida.

Endi yetakchi terma jamoalar tarkibiga qaraylik. Ma’lum bo‘lishicha ulardagi darvozabonlar mahorat bobida Romerodan kam emaslar, son jihatidan esa ustun.

Argentina: Romero, Ruli, Guzman.

Germaniya: Noyer, Ter Shtegen, Trapp, Leno.

Ispaniya: De Xea, Kasilyas, Riko, Arrisabalaga, Reyna.

Fransiya: Lyoris, Mandanda, Arsola, Kostil.

Italiya: Buffon, Sirigu, Donnarumma, Marketti, Skuffet.

Braziliya: Alison, Ederson, Veverton, Diyego Alves.

Ko‘rib turganingizdek, argentinaliklarda darvozabonlar soni ozroq. Bu esa tanlash imkoniyatining ozligi va darvozabonlar o‘rtasidagi raqobatning kuchsizligidan dalolat. Xullas, bu pozisiya bo‘yicha Argentina ustunlik qilolmaydi.

Himoyachilar

Qani ayting-chi, qaysi top-klubda himoya qo‘rg‘oni vazifasini ado etayotgan argentinalik o‘yinchi bor? Otamendidan boshqa hech kim! Markos Roxo va Xavyer Maskerano klubdagi mavqelarini boy berib ulgurishdi, qandaydir mo‘’jiza ularni boshlan­g‘ich tarkibga qaytarishi mumkin.

Argentina:  Maskerano, Otamendi, Merkado,  Fasio, Pinola, Parexa, Kuesta, Ronkalya, Funes Mori.

Braziliya: Tiago Silva, Markinyos, Filipe Luis, Marselo, Miranda, Dani Alvesh, Kayo.

Germaniya: Boateng, Xummels, Kimmix, Xektor, Mustafi, Xyovedes, Ryudiger, Ta, Ginter, Zyule.

Ispaniya: Ramos, Pike, Alba, Karvaxal, Aspilikueta, Nacho, Monreal, Bartra, Belyerin, Xuanfran.

Italiya: Bonuchchi, Kyellini, Barsali, De Shilyo, Darmian, Ogbonna, Konti, Astori.

Fransiya: Umtiti, Varin, Kosyelni, Kimpembe, Kurzava, Sidibe, Din, Mangala.

Tan olaylik, boshqa jamolardagi himoyachilar argentinaliklardan mahoratliroq.

Yarim himoyachilar

Sampaolining fikricha, Markos Akunya va Gvido Pisarro kabi «buyuklar» shunday og‘ir pallada jamoa­ga yordalashishlari kerak. Ochig‘i, bu qaror taajjubdan boshqasiga yaramaydi. Mantiqan olganda, hujumkorlik argentinaliklarga xos fazilatdek. Yarim himoya hamda hujum chiziqlari yashindek tezkor bo‘lishi kerak. Biroq amalda  o‘rtamiyona gulxan harorati undan yuqoriroq.

Argentina: Di Mariya, Fernandes, Gaytan, Pastore, Banega, Bilya, Kranevitter, Lamela, Paredes, Akunya, Pisarro.

Braziliya: Kazemiro, Fabinyo, Koutinyo, Villian, Fernandinyo, Paulinyo, Renato Augusto, Gabriel, Lukas Lima, Lukas Moura.

Germaniya: Kroos, Ozil, Xedira, Draksler, Jan, Gyundogan, Demirbay, Rudi, Goreska, Shtindel.

Ispaniya: Inyesta, David Silva, Koke, Buskets, Fabregas, Alkantara, Soriano, San Xose, Saul.

Italiya: Verratti, De Rossi, Motta, Jakkerini, Florensi, Kandreva, Parolo, Sturaro, Bernandeski

Fransiya: Matyuidi, Kante, Pog­ba, Lemar, Tolisso, Rabyo, Paye, Kabay, Koman, Sissoko, Shneyderlin.

Ko‘rib turganingizdek, bu pozisiyada ham Argentina ustun emas. Italiya ham bu borada maqtana olmaydi. Jamoaviy o‘yin va taktika jihatidan Argentinadan kuchliroq, shu sababli saviya ham ancha yuqori.

Hujumchilar DAVOMI

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 09:57, 22.09.2017.
O'qildi: 4190 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.