Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Barselona» inqirozi ortda qoldimi?

«Barselona» inqirozi ortda qoldimi?

Baho:
+ | -

«Barselona» uchun mukammal mavsum boshi davom etadi. Ernesto Valverde jamoasi «Jirona»ning La Ligadagi ilk katalon derbisida qo‘shnilarini 3:0 hisobida mag‘lub etgan o‘yindan oldin ikkala jamoa muxlislari ham Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqilligi uchun referendum o‘tkazish huquqini yoqlab chiqqan bo‘lsa, o‘yindan keyin «ko‘k-anorranglilar» 18 ochko bilan Primeradagi raqiblaridan oldinda ajralib qoldi.

E’tiborlisi g‘alabaning katta qismini «Barselona»ga raqiblari olib keldi – dastlabki ikki gol avtogoldan kiritildi: avval Aday Benites Jordi Albaning zarbasini o‘z darvozasiga to‘g‘rilab yuborgan bo‘lsa, keyin darvozabon Gorka Iraisos Aleysh Vidalning zarbasidan keyin xuddi shu ishni bajardi. Uchinchi golni esa bu mavsumda uncha omadi yurishmayotgan Luis Suares kiritdi.

Shunga qaramay, Valverde shogirdlari yana bir samarali o‘yin o‘tkazib, darvozalari daxlsizligini ham saqlab qoldi. «Barselona» hozirgacha La Ligada o‘tkazgan olti o‘yinida bor-yo‘g‘i 2 ta gol o‘tkazib yubordi – bu oxirgi marta 2001/2002 yilgi mavsumda yuz bergan. Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida «Barsa»dan kam gol o‘tkazgan yagona jamoa Dortmundning «Borussiya»sidir.

Valverdedan hozirda so‘ralishi mumkin bo‘lgan yagona savol – jamoaning safarda o‘ynay olish qobiliyatidir, zero u Bilbaoning «Atletik» jamoasini boshqarganda basklar mehmonda ko‘p qiynalardi. «Barsa» ham ushbu mavsumda 24 sentyabrda o‘zining 60 yilligini nishonlayotgan «Kamp Nou»dan tashqarida o‘tkazayotgan o‘yinlarida unchalik yorqin ko‘rnimayotgani ham rost.

Biroq hozircha hammasi yaxshi. «Barsa»ning safardagi dastlabki o‘yinida «Alaves» 2:0 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, o‘tgan hafta «Xetafe» qiyinchilik bilan 2:1 hisobida dog‘da qoldirilgan, endi esa «Jirona» ustidan 3:0 hisobida g‘alabaga erishildi. Bularning birortasini yaqqol ustunlik evaziga erishilgan g‘alaba deb atash qiyin. Ammo faqat yorqin futbol bilangina sovrinlar yutib bo‘lmaydi, samarali bo‘lish yaxshiroq.

Valverdening jamoasi aynan samarali o‘yinlar o‘tkazmoqda – Primeradagi ketma-ket oltinchi g‘alaba «Barselona»ni Yevropa top ligalarida xato qilmayotgan to‘rt jamoaning biriga aylantirib turibdi. Xuddi shunday natijani Italiyada «Yuventus» va «Napoli», Portugaliyada esa «Portu» qayd etib kelmoqda.

«Xetafe»dan o‘tkazib yuborilgan gol «Barselona» ushbu o‘yinda ochkosiz qolishi mumkinlgiga ishora qilgan edi, biroq Paulinyo va Denis Suares urgan gollar jamoa madridliklar ustidan irodali g‘alabaga erishishiga yordam bergandi. Kataloniyaliklar o‘tkazib yuborgan ikkinchi gol esa hafta o‘rtasida «Kamp Nou»da «Eybar» 6:1 hisobida mag‘lub etilgan o‘yinda bo‘lgani tufayli unchalik ahamiyatli emas.

Shunday qilib yozda Neymarning ketib qolishi va yangi olib kelingan Usmon Dembelening jarohat olishiga qaramay «Barselona» ajoyib holatda turgandek ko‘rinmoqda. «Yuventus» ustidan 3:0 hisobida qozonilgan g‘alaba esa Chempionlar Ligasini ham ko‘tarinki kayfiyatda boshlashga yordam berdi.

Bir necha hafta oldin transfer bozoridagi qiyinchiliklar, rahbariyatidagi muammolar, shuningdek Ispaniya Superkubogi doirasidagi ikki o‘yinda Madridning «Real» klubidan jami 5:1 hisobidagi mag‘lubiyat tufayli «Barselona» inqirozda ekanligi aytilayotgandi. Biroq hozir vaziyat boshqacha – ko‘k-anorranglilar rekordlar o‘rnatishda davom etmoqda va La Ligadagi asosiy raqibi «Real»dan 7 ochkoga ilgarilab ketgan.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 20:26, 24.09.2017.
O'qildi: 7539 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.