Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

123 kun, 26 ming kilometr

123 kun, 26 ming kilometr

Baho:
+ | -

Xabaringiz bordir, o‘tgan hafta jahon kubogining JCH-2018 mezboni - Rossiya va boshqa mamlakatlar bo‘ylab rasmiy sayohatiga start berildi.

Shu munosabat bilan «Lujniki» arenasida tashkillashtirilgan tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, shuningdek, FIFA rahbari Janni Infantino, Braziliya va Fransiya milliy jamoalari sobiq hujumchilari Bebeto hamda David Trezege kabi taniqli shaxslar ishtirok etishdi.

Tabiiyki, ular nufuzli sovrinni uzoq sayohatga kuzatish asnosida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.

- Mana, jahon chempionati kubogi mamlakatimiz bo‘ylab sayohatga chiqmoqda. Bu jarayon 123 kun yoxud 26 ming kilometr yo‘lni o‘z ichiga oladi. Xullas, asosiy futbol sovrinini tarixdagi eng uzun turnega kuzatyapmiz.

Umid qilamanki, bu sayohat eng qiziqarlisi ham bo‘ladi. Axir hudud bo‘yicha ham, tabiat, an’ana va madaniyatlar xilma-xilligi masalasida ham Rossiya bilan tenglashadigan biror mamlakat yo‘q.

Sayohatga afsonaviy arena - «Lujniki»da start berilayotganida ham ramziy ma’no bor. Ushbu stadion rekonstruksiyadan keyin tomoshabop o‘yinlar va yorqin g‘alabalar taqdim etishidan umidvorman.

«Lujniki» - bo‘lajak JCHning bosh stadioni sifatida ochilish va final o‘yinlarini qabul qiladi. Mundial uchun tanlangan barcha shaharlarimizda futbolchilar va muxlislarni shunday go‘zal, qulay va texnik jihatdan mukammal arenalar ilhaq kutmoqda.

Yirik xalqaro musobaqalarni tashkillash borasida ulkan tajribaga ega bo‘lsakda, jahon chempionati tayyorgarligiga alohida mas’uliyat bilan yondashmoqdamiz. Futbol hamisha eng ommaviy sport turi bo‘lib kelgan va shundayligicha qoladi. Barcha yosh toifasida eng ko‘p muxlis aynan shu o‘yinga tegishli ekanligi ayni haqiqat. Menga faxr bag‘ishlaydigan tomoni, futbol taraqqiyotida mamlakatimizning o‘rni ham katta.

Rus diyori millionlar o‘yinini Lev Yashin, Igor Netto, Rinat Dasayev va Nikita Simonyan kabi buyuk ijrochilar bilan boyitgan. Ishonchim komil, Rossiya yangi futbol qahramronlari va yangi g‘alabalarni ham ko‘radi, terma jamoamiz hali muxlislarimizni qayta-qayta quvontiradi.

Xususan, bo‘lajak JCH futbol taraqqiyotiga qo‘shimcha turtki berishiga shubham yo‘q. Undan qoladigan meros - sport inshooatlari esa ko‘pmillionli futbol birodarligi markaziga aylanadi. Vladimir PUTIN (Rossiya prezidenti).

- Mening xohishim juda oddiy. Shunchaki, rossiyaliklarga xitob qilmoqchiman: bayramdan bahra oling! Avvaliga jahon kubogi sayohatidan, keyin turnirning o‘zidan. Jahon xalqlariga murojaatim ham shunday: Rossiyaga kelinglar va bayramdan chetda qolmanglar. «Lujniki» stadioni buyuk tarixga ega va buyuk kelajakni kutyapti. Ushbu arena nomi nafaqat futbol, balki butun sport tarixidan abadiy joy olgan.

Rossiya va Moskva bunday ajoyib, go‘zal stadion bilan har qancha faxrlansa arziydi. Unda ko‘plab boshqa arenalarda yo‘q narsa mavjud - quvvat! Ishonchim komil, «Lujniki» maydonida o‘ynaydigan har qanday futbolchining tizzalari qaltiraydi, albatta, beqiyos taassurotdan.

Bir yildan kamroq vaqt qoldi, aynan shu yerda jahon kubogini yangi chempionga topshiramiz. Gap sayyoramizdagi eng nufuzli sport sovrini haqida ketayotgan ekan, uni barchadan ustunligini amalda namoyish etgan jamoa vakilarigina bosh uzra baland ko‘tarishga haqlilar.

Hozircha shu kubokni nafaqat Rossiya, balki butun jahon bo‘ylab sayohatidan zavqlanib turing va bo‘lajak mundial ajoyib damlarni tortiq etishiga shubhalanmang! Janni INFANTINO (FIFA prezidenti).

- «Lujniki» qoyilmaqom stadion. DAVOMI

Manba: www.std.uz
Kiritildi: 01:29, 25.09.2017.
O'qildi: 3767 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.