Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/03 18:00 Real Sosyedad 2-1 Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf 0-0 Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya 0-1 Bolonya
29/03 19:00 Komo 1-1 Empoli
29/03 20:00 Mash’al 1-0 So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol 1-1 Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor 0-1 Dinamo
29/03 22:00 Yuventus 1-0 Jenoa
29/03 22:30 Alaves 0-2 Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche 0-1 Roma
30/03 01:00 Real Madrid 3-2 Leganes
30/03 15:30 Kalyari 3-0 Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya
31/03 21:30 Verona - Parma
31/03 23:45 Lasio - Torino
01/04 00:00 Selta - Las-Palmas

Jahonning eng qimmat futbolchisi qanday hayot kechirmoqda? Neymar Parijga ko‘chib o‘tganiga bir yarim oy bo‘ldi

Jahonning eng qimmat futbolchisi qanday hayot kechirmoqda? Neymar Parijga ko‘chib o‘tganiga bir yarim oy bo‘ldi

Baho:
+ | -

Futbol tarixidagi eng qimmat transfer 3 avgust kuni amalga oshdi – braziliyalik Neymar (janjal bilan) «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tdi.

Shundan beri bir yarim oydan ko‘proq vaqt o‘tdi – Neymar o‘ynayapti, gollar uryapti, klubdoshlari bilan janjallashyapti.

Neymar kuniga 100 ming yevro ishlab topmoqda. Futbol o‘ynamasa ham

Braziliya futbolchining «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tishi tafsilotlarini futbolga qiziqmaydiganlar yaxshi biladi: fransuzlar (aniqrog‘i, klub egalari – qatarlik shayxlar) braziliyalik hujumchi uchun «Barselona»ga 222 million yevro to‘ladi. Neymarning «PSJ» bilan shaxsiy shartnomasi bandlari esa ko‘pdan beri sir bo‘lib qolayotgan edi. Lekin braziliyalik juda va juda katta haq olayotgani aniq edi, faqat qancha olayotganini hech kim aytmayotgan edi.
Spiegel va Football Leaks’ning aniqlashicha, sentyabr oyining o‘rtalaridagi holatga ko‘ra, Neymarning maoshi oyiga 3 million yevroni tashkil etmoqda. Bu kuniga 100 ming degani – bunda Neymar futbol o‘ynamaydigan va mashg‘ulotlarda qatnashmaydigan kunlar ham hisobga olingan.

U maydonni samarali harakatlarsiz tark etmayapti

Neymar hozirgacha «PSJ» safida olti uchrashuv o‘tkazdi – beshtasi Fransiya chempionatia va bittasi – Chempionlar Ligasida. Olti o‘yinda u besh gol urib, yana oltita golga hammualliflik qildi, jamoasi esa bu olti uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi.
Umuman olganda esa, mazkur ro‘yxatdan Neymar ikkita gol urib, yana uchta golga assistentlik qilgan va penalti ham ishlagan «Tuluza»ga qarshi o‘yinni chiqarib tashlasa, statistika unchalik ham havas qilarli bo‘lmaydi.

Neymar, aftidan, Edinson Kavani bilan tortishib qolgan

Edinson Kavani – Neymar kelguniga qadar bo‘lgan davrda «PSJ»ning asosiy to‘purari va bosh yulduzi. Rasman braziliyalik va urugvaylik hujumchilarning munosabatlari yaxshi – hujum vaqti bir-biriga to‘p uzatadi, Neymarning aksariyat xavfli paslari aynan Kavaniga yo‘naltiriladi; ular biri-birining gollaridan xursand.

Shunga qaramay, ikki yulduz o‘rtasida keskinlik bor. Buni «Lion»ga qarshi o‘yinni kuzata turib, sezish mumkin edi: avvaliga o‘yinchilar jarima zarbasini kim tepishi borasida tortishdi, oqibatda «PSJ»ning boshqa bir yangi futbolchisi – braziliyalik Dani Alves to‘pni Kavanidan tortib olib, Neymarga berdi. Neymar gol urolmadi. Keyinroq «PSJ» penalti ishladi va Neymar Kavanidan to‘pni unga berishni so‘radi, biroq urugvaylik bunga rozi bo‘lmadi. Va penaltidan gol urolmadi.

«PSJ»ning matbuot uchun ochiq mashg‘ulotlarida ham Neymar boshqa braziliyaliklar bilan muloqot qilishni ma’qul ko‘rayotgani, Kavani esa Neymar bilan ochiqchasiga gaplashmayotganini ko‘rish mumkin.

Mish-mishlarga ko‘ra, bu vaziyatda Dani Alves tinchlikparvar rolida – u o‘yinchilar o‘rtadagi o‘zaro keskinlikni yumshatishlari uchun jamoaviy o‘tirish uyushtirgan.

Neymar jarohat ham oldi

Fransiya chempionati 6-turidan o‘rin olgan «PSJ» va «Monpele» o‘rtasidagi o‘yinga katta e’tibor qaratilgan edi – hamma jamoaviy o‘tirishdan keyin yulduzlar o‘zini qanday tutishiga qiziqayotgan edi. Biroq «PSJ» bosh murabbiyi Una Emeri Neymarning kichik jarohati borligini e’lon qilib, uni maydonga tushirmadi. Haqiqatan ham shundaymi yoki yo‘q – bunisi noma’lum, biroq «PSJ» braziliyaliksiz gol ura olmay, mavsumda ilk bor ochko yo‘qotdi.

27 sentyabr kuni «PSJ» Chempionlar Ligasida «Bavariya» bilna o‘ynaydi va bu o‘yinda Neymar ham qatnashishi kutilmoqda. Bu uning «PSJ» tarkibida top-klubga qarshi birinchi o‘yini bo‘ladi.

 

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:29, 27.09.2017.
O'qildi: 10257 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz