“Bavariya”ga qarshi o‘yindan keyin “PSJ” hujumchisi Neymar jamoadoshi Mbappeni maqtadi.
“Mbappe shunday o‘ynayaptiki, u 30 yoshli futbolchidek tasavvur uyg‘otmoqda. Chunki maydonda nima qilishni juda yaxshi biladi. Mbappe bilan o‘ynash men uchun juda ahamiyatli. U raqiblarga ko‘p muammo tug‘dira oladigan va “oltin to‘p” uchun kurasha oladigan futbolchi”, dedi Neymar.