Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Andrey Demchenko: «O‘ylaymanki, oliy ligada qolamiz»

Andrey Demchenko: «O‘ylaymanki, oliy ligada qolamiz»

Baho:
+ | -

Oliy liganing 23-turidan o‘rin olgan "Obod" - "Lokomotiv" (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Demchenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Raqib kuchli, o‘yinni yaxshi tashkil qiladigan futbolchilardan iborat jamoa, shu bois bugun bizning himoyamizda bir qator kamchiliklar ko‘rindi, muammolarga duch keldik. Shuning uchun hisob adolatli bo‘ldi, deb o‘ylayman. Afsuski, bittagina gol urdik. Tan olish kerak, tarkimizdagi futbolchilarning saviyasini raqibniki bilan solishtirib bo‘lmaydi. Agar ochkolik bo‘lganimizda qahramonga aylanardik, ammo bunday bo‘lmadi.

To‘g‘ri, bitta gol urdik, lekin ochig‘ini aytaman, hisob 0:3 ko‘rinishini olganidan keyin raqib xotirjamlikka berildi va bizga o‘ynash imkoniyatini yaratdi. Biz shundan foydalandik. Fikrimcha, ular oxirigacha katta kuch bilan harakat qilishganida bizga oson bo‘lmasdi, gol urishimiz ham qiyin kechardi. Ammo aytishim lozim, o‘sha bitta gol ham bizni xursand qildi, chunki gol ura oldik.

Jismoniy holatdagi muammolar? Bizda ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayonida vaqt kam edi. 15 kun ichida ham jamoa tuzishimiz, ham tashkiliy ishlarni joyiga qo‘yishimiz lozim edi. Aniqroq tushuntirishga harakat qilaman: biz futbolchilarning jismoniy holatini kuzata olmadik, kim futbol o‘ynay olsa, o‘zimizning "samolyotga" taklif qildik. Endi rasmiy o‘yinlarda ularning holatini kuzatib boryapmiz.

Oldimizda ikki haftalik tanaffus bor. Bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz. Barcha kamchiliklar borasida ishlaymiz. Hozir jamoada qandaydir o‘zgarish qilishimiz shart! Chunki shunday qilmasak bo‘lmaydi. O‘rinbosarlar tarkibida iqtidorli o‘yinchilar bor. Ularni tarkibga jalb qilamiz, imkoni boricha ularga ham imkoniyat beramiz. Qisqasi, hozirgi vaziyatdan chiqishga urinamiz. Maqsadimiz oliy ligada qolish, o‘ylaymanki, buni uddalay olamiz. Hali biz ochko olishimiz mumkin bo‘lgan raqiblar bor. Agar Olmaliqdagi va bugungidek o‘yin namoyish qilsak, o‘zimizga kerakli ochkolarni jamg‘ara olamiz.

Manba: fcobod.uz
Kiritildi: 05:15, 30.09.2017.
O'qildi: 4004 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик